SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
  12345
6789101112
13141516171819
202122242526
2728293031  
Belgiyaning Kortreyk shahrida Ibn Sino haykali o'rnatilgan kun
2000-07-07

2000 yilda Belgiyaning Kortreyk shahrida Ibn Sinoga haykal o'rnatildi. Barchaga ma'lum, Abu Ali ibn Sino jahon fani taraqqiyotiga ulkan hissa qo'shgan buyuk qomusiy olim hisoblanadi. Uning tib ilmida yuksak mahoratga erishishida buxorolik boshqa bir tabib Abu Mansur al-Hasan ibn Nuh al-Qumriyning xizmati katta. “Islom olamining eng mashhur faylasufi va qomusiy allomasi hamda insoniyatning eng buyuk mutafakkirlaridan biri” degan unvonga sazovor bo'lgan Abul Ali ibn Sinoning hayoti va faoliyati avlodlarda alohida g'urur va ehtirom tuyg'ularini uyg'otadi. Ilmiy tadqiqot ishlarini 16 yoshida boshlagan bu ulug' zot umri davomida 450 dan ortiq asar yaratdi. Ularning aksariyati, avvalo, tibbiyot va falsafa, shuningdek, mantiq, kimyo, fizika, astronomiya, matematika, musiqa, adabiyot va tilshunoslik sohalariga bag'ishlangan. Leonardo da Vinchi, Mikelanjelo, Frensis Bekon va boshqa ko'plab olimlar avlodi uning asarlarini o'qib, hayratga tushganlar. “Tib qonunlari” deb atalgan o'zining bebaho fundamental asari bilan Ibn Sino keyingi bir necha yuz yillar uchun tibbiyot fanlari taraqqiyotining asosiy yo'nalishlarini oldindan belgilab berdi, hozirgi kunda ham o'z dolzarbligini yo'qotmagan amaliy tibbiyot va farmakologiya sohalarining eng muhim usullariga asos soldi. Bejiz emaski, bu kitob Yevropada XV asrda chop etilgan dastlabki kitoblardan biri bo'lgan va Yevropaning yetakchi universitetlarida qariyb 500 yil davomida tibbiyot ilmi ayni shu asar asosida o'qitib kelingan. Shundan ko'rinib turibdiki, u o'zining boy va serqirra ilmiy merosi bilan keyingi davr Sharq va G'arb madaniyatining rivojiga katta ta'sir ko'rsatdi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan