O’zbekiston Bastakorlar uyushmasi a'zolarining safiga iste'dod sohibi,
yosh kompazitor Nurimova Leyla Choriyevna 1992 yili musiqiy san'atning turli
janr va shakllarida yaratgan musiqiy asarlari bilan kirib keldi. Bu ijodiy izlanish
ruhida yashayotgan kompоzitor,
XXI asrda kamolot sari intilib, yangi-yangi badiiy-musiqiy asarlar yaratib,
zamonaviy professional musiqiy san'atning rivojlanish jarayoniga o’z hissasini
qo’shish niyatida faol ijod qilmoqda.Bo’lg’usi kompоzitor Nurimova Leyla
Choriyevna Ashxabod shahrida, san'atkorlar oilasida 1964 yilning 27 sentabrida
tavallud topdi. Uning otasi kompozitor Chori Nurimov, onasi musiqashunos olima
Noila Tursunova. Musiqa olamida yashagan
Leyla bolaligidan musiqaga mehr qo’ydi.Fortopianoda boshlang’ich sabog’ni G.A.Annamamedovadan
olgan. Keyinchalik Turkmanistondagi musiqa maktabida fortepiano bo’yicha o’qiy boshladi. 1976 yilda onasi Toshkentga
butunlay ko’chib kelganligi sababli, u o’qishini V.A.Uspenskiy nomidagi Respublika musiqa
internat maktabida davom ettirdi va 1982 yili maktabini bitirdi. O’sha yili Toshkent davlat
konservatoriyasining kompozitorlik fakultetiga o’qishga kirdi. Kompozitor
R.D.Vildanov sinfida kompozitsiyadan saboq oldi. O’qish jarayonida turli
cholg’ular, ansambl va orkestrlar uchun ustozning rahbarligida asarlar yozdi va
1987 yili ovoz va orkestr uchun
“Konsert-poema” diplom asari bilan konservatoriyani bitirdi. 1987-1988 yili Toshkent davlat madaniyat
texnikumida dars berdi. 1988 yildan buyon 4-“Bolalar san'at maktabi” da yosh
iste'dod sohiblariga musiqa nazariyasi, tarixi va kompozitsiyadan dars berib
kelmoqda.Kompozitor L.Nurimova
pedagoglik faoliyati bilan birgalikda faol ijod qilmoqda. Shu o’tgan
yillar davomida, mustaqil ravishda u quyidagi musiqiy asarlarni yaratdi; 1989
yili bariton ovozli xonanda va simfonik orkestr uchun shoir E.Mejelaystik so’ziga “ Mi-bemol major ” nomli romans
turkumi va 1990 yili simfonik orkestr uchun “Dumo‘ o rodniye” nomli simfonieta, kamer - cholg’u
musiqalardan 1986 yili torli kvartet, 1988-1990 yillardan violanchel va
fortepiano uchun “Sonata”, gobay va fagot uchun “Kanonlar” va “Duet”, gaboy va
fortepiano, klarnet va fortepiano uchun “Pyesalar”, skripka va fortepiano uchun
pyesalar. 1987-1999 yillarda fortepiano uchun “Sonata”, “Variatsiya”, “Detskaya
variatsiya”, beshta pyesalar “Rodno‘ye napevo‘”, ikkita prelyudiya,
«Vostochnaya skazka», «Grustnoye nastroyeniye», «Razdumye», «Vchera i
segodnya», ikkita pyesa (1999y).1988-1999 yillarda yozilgan romanslar:
«Mechta», «Fialka», «Pora listopada», «Blogadaryu tebya», shoir E.Mejelaystis
so’zlariga «Ostansya» romanslar turkumi. Mazkur yillarda quyidagi qo’shiqlar bunyodga keldi. «Bez tebya» «To‘
oblakom plo‘la», «Groza», «To‘ prekrasney vsex», bolalar uchun qo’shiqlar: «Novo‘y god», «Ya risuyu na
peske», M. Yasnov so’ziga olti qismli
turkum: «Chto takoye schastye», «Pirogi
s moroshkoyu», «Kolo‘belnaya tegryonku i
kotyonku», «Neznakomets», «Spasibo», «Porosyonok i jerebyonok», «Zelyono‘y
verblyujonk», «Ya i to‘», va «Gde ti?» «Moy kray», bolalar xor jamoalari uchun
«Dobroye slova», «Letom», «Djayranchik» va boshqalar.