SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Fevral 2021
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
14151617181920
21222324252627
      
Nemis avtopoygachisi, ko'p marta rekord o'rnatgan chempion Mixael Shumaxer tavallud topgan kun
1969-01-03

46 yil avval 1969 yil 3 yanvarda Nemis avtopoygachisi, ko'p marta rekord o'rnatgan va “Formula-1”ning chempioni Mixael Shumaxer tavallud topgan. Mixael Shumaxer sport tarixida etti marta jahon chempioni va ko'p sonli rekordlar muallifi, “Formula-1”ning afsonaviy uchuvchisi eng omadli poygachisidir. Uning ismi avvaldan taniqlidir. “Formula-1”ning tarixi uning ismi bilan bog`liqdir. U mashhur poygachilar Ayrton Sennoy, Mikoy Xakkinen, Jan Alezi, Fernand Alonsoylar bilan kurash olib borgan. U 1969 yil 3 yanvarda Germaniyaning Hert-Hermyulxayme shahrida uncha boy bo'lmagan oilada tug`ilgan. Mixaelning bolaligi o'z tengdoshlaridan farq qilmagan. Poygaga qiziqish unda 4 yoshida, otasi Rolfning  bog`dagi o'tlarni kesgan vaqtlarida kart sport turidan boshlangan. Keyinchalik Rolf o'zining karting markazini ochdi. 6 yoshda Mixael o'zidan katta va malakali raqiblarini yengib, karting klubining chempioni bo'ldi. 1984-1985 yillar u Germaniyaning yuniorlar musobaqasining  chempioni bo'ldi. Ikkinchi jahon chempionatida u Yevropa chempioni bo'ldi. 1990 yilda Mixael “Formula-3”ning unvonini oldi. 1991 yilda yettinchi o'rinda uning “Formula-1”dagi birinchi chiqishi bo'ldi.

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan