SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151617192021
22232425262728
2930     
Fransuz teatr аktrisasi Sara Bernar tavallud topgan kun
1844-10-22

Fransuz teatr san'ati tarixidagi eng mashhur aktrisa Sara Bernar 1844 yil 22 oktyabrda Parijda tug’ilgan. Uni dunyoga keltirgan onasi Yudif o’shanda bor-yo’g’i 16 yoshda edi. U yoshligida obro’li maktablarda tahsil oladi. Onasining tanishlari orqali “Komedi Fransez” teatriga joylashtirishga ko’maklashadi...Sara Bernar ilk marotaba katta sahnaga 1862 yil 1 sentyabrda “Ifigenif” spektaklida chiqadi. S.Bernar Parijdagi mashhur teatrlaridan biri “Odeon” da ijod qilishni boshlaydi. Asta-sekin iqtidori sayqallangan aktrisa “Qirol Lir” spektaklidagi roli orqali keng tomoshabin va mutaxassislar e'tiboriga tushadi. Viktor Gyugyu asari asosida 1872 yilda sahnalashtirilgan “Ryui Blaz” spektaklida yaratgan Qirolicha obrazi esa aktrisani tom ma'noda sahna qirolichasiga aylantiradi. Vaqt o’tib, Bernar zabt etmagan teatr qolmaydi hisobi: “Komedi Fransez”, “Jimniz”, “Port-Sen-Marten”, “Odeon” san'at koshonalarida yuksak iqtidorini namoyon etishdan tashqari, “Renessans” hamda “Nason” teatrlarini o’z tasarrufiga o’tkazadi. (Keyinchalik “Nason” “Sara Bernar teatri”  nomi bilan yuritila boshlagan.)Ko’plab teatr allomalari, jumladan K.S.Stanislavskiy ham Bernar ijodini texnik jihatdan yetuk deya baholagandi. Sara o’z ustida juda ko’p ishlar, san'atga daxldor asarlarni sinchiklab o’qirdi. Ko’plab rollar orasida erkaklar obrazlari ham bor edi. Hamlet, Napoleonning badbaxt o’g’li Orlenok ... E'tiborlisi, 20 yoshli Orlenokni o’ynaganda Sara Bernar ellik olti  yoshda edi. O’n uch yashar Julyetta yubrazini yaratganda esa aktrisa naq yetmishga kirgandi! Shuning o’ziyoq Saraning iqtidori qay darajada yuksk bo’lishini tasdiqlaydi .Erkaklar siymolarinini qoyilmaqom qilib ijro etgan aktrisaning donya Sol (“Ernani”, Gyugo), Margarita Gotye (“Kameliyali xonim”, A.Dyuma-o’g’il), Teodora (“Teodora”, Sardu) va boshqa obrazlarni qanday yaratganini tasavvur qilavering...Sara Bernar jahongashta san'atkor sifatida ham tilga tushgandi.S.Bernarga oid xabarlar gazetalarning birinchi sahifalaridan joy olardi. S.Bernar oxiri nafasigacha teatrga xizmat qildi. Ammo tinimsiz safarlarlarning o’ziga yarasha mashaqqati ham bo’ladi.  Rio-Janeyrodagi  gastrol chog’ida oyog’i qattiq lat yeydi. Oradan o’n yil o’tgach, o’sha zahm o’z asoratini ko’rsatadi, 1905 yilda oyoqni kesib tashlashga to’g’ri keladi. Nogiron bo’lib qolganga qaramay, Bernar sahnani tark etmaydi. 1914 yilda Faxriy legion ordeni bilan mukofotlandi. Sara Bernar 1923 yil 26 martda 78 yoshida Parijda vafot etdi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan