SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151618192021
22232425262728
2930     
Dirijyor, kompozitor Boris Vasilyevich Brovsin tavallud topgan kun
1903-09-20

O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san'at arbobi, dirijyor va kompozitor Boris Vasilyevich Brovsin Peterburg shahrida xizmatchi oilasida 1903 yil 20 sentyabrda tug’ildi. Bolaligidan musiqaga qiziqdi, skripka va fortepiano chalishni o’rgandi, maktabda havaskorlar orkestriga qatnashdi. 1925 yildan u Leningrad davlat konservatoriyasiga o’qishga kirib, 1932 yili bitirgach, Soyuzkinoning Leningrad bo’limi simfonik orkestri drijyori, 1934 yil Leningrad opera va balet teatri simfonik orkestri skripkachisi, so’ngra Bryansk musiqa bilim yurtida o’qituvchi va filarmoniya torli va kvartetida birinchi skripkachi bo’lib ishladi. 1938 yilda Leningradga qaytib musiqa maktabida o’qituvchi va direktor o’rinbosari vazifasida ishladi. 1939 yili B.Brovsin O’zbekiston radiosi qoshida tashkil topayotgan simfonik orkestrga bosh dirijyor va badiiy rahbarlikka taklif etildi. Shundan boshlab, uning hayoti va ijodiy faoliyati umrining oxiriga qadar respublikamiz bilan bog’liq bo’ldi. U yaratgan cholg’u musiqasi orasida saralari Yu. Rajabiy yozib olgan Farg’ona xalq kuylari asosida simfonik syuita (1941), T.Jalilov kuylari asosida “Nurxon” va “Qurbon Umarov” (1944, 1945 y.) uvertyuralari, simfonik orkestr uchun “O’zbekcha kaprichchio”, simfonik orkestr uchun 2 ta “Qoraqalpoqcha syuita” (1946-1955), 2 ta “Uyg’urcha syuita”, “O’zbekcha shodlik taronalari” poemasi, skripka va simfonik orkestrlari uchun 2 ta konsert (1955-85): simfonik; “Bayram uvertyurasi”, 2 ta o’zbek kuyi asosida uvertyura; “Rixard Zorge” nomli simfonik poema; torli orkestrga “Lirik poema”; “Tohir va Zuhra” opera kuylari asosida skripka va simfonik orkestr uchun “Fantaziya”. B.Brovsin bastakor T.Jalilov bilan hamkorlikda “G’unchalar” (1949 y.) musiqali drama; “Tohir va Zuhra” (1949 y.) opera; (1950 y.), Muqimiy nomli musiqali teatrda “Mehmonxona bekasi” musiqali dramasi; (1964 y.) “Semurg’” (H.Olimjon) poemasi asosida (Ye.Baranovskiy librettosi) baleti Opera balet teatrida sahna yuzini ko’rgan va uzoq yillar davomida teatr gastrollarida  Moskva, Leningrad, Sverdlovsk va Qohira shaharlarida namoyish qilingan, 1969 yil Samarqand opera va balet teatrida “Sestritsa Alyonushka i bratets Ivanushka” (rus ertagi asosida O.Uzoqov librettosi) baleti sahnalashtirilgan.T.Sodiqov bilan xamkorlikda 1950 yili “O’zbekiston  raqslari” kinofilmini; 1951 yili Rus bolalar teatrida sahnaga qo’yilgan “Pravda ob yego otse” dramasiga; 1963 yili Navoiy nomidagi opera va balet teatrida B.Qoriyeva va V.Vasilyevlar uchun xoreografik etyud “Chorgoh” simfonik orkestr jo’rligida. 1972 yilda “Balet sahnalari”,  1970 yilda “Mishka na progulke”  kinofilmiga; 1959 yili O’zbek xalq cholg’u asboblar orkestri uchun turkman, tojik, qirg’iz xalq kuylari asosida syuita; 1953 yilda chang va o’zbek xalq cholg’ulari orkestri uchun “Konsert” va boshqalar. Respublikamiz musiqa san'atining rivojlanishiga qo’shgan  hissasi uchun u 1973 yilda “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan san'at arbobi” faxriy unvoniga sazovor bo’ldi. B.Brovsin-respublikamizda uzoq yillar davomida ishlagan rus san'atkorlaridan biri. O’zbek bastakorlari bilan hamkorlikda, mustaqil ravishda bastalagan musiqasi va dirijyorlik faoliyati bilan O’zbekiston musiqa san'atining rivojlanish jarayoniga samarali hissa qo’shdi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan