SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151618192021
22232425262728
2930     
Kompozitor Irina Berlin tavallud topgan kun
1962-09-05

Kompozitor Irina Berlin Toshkent shahrida, kompozitor A.A.Berlin oilasida 1962 yilning 5 sentyabrida dunyoga keldi. U bolaligidan musiqa olamida o’sdi. 1970 yili V.A. Uspenskiy nomidagi Respublika davlat musiqa-internet maktabiga fortepiano sinfiga o’qishga kirdi. Shu maktabda 7-sinfdan boshlab professor  B. Zeydmanda o’qishini kompozitsiyadan ham saboq oldi.  1980 yili musiqa maktabini  bitirib, M.Ashrafiy nomidagi Toshkent davlat konservatoriyasining fortepiano bo’limiga o’qishga kirdi, bir yildan so’ng kompozitorlik bo’limida ham professor B.I.Zeydmanda o’qishni davom ettirdi. 1985 yili fortepiano, 1986 yili kompozitorlik mutaxassisliklaridan konservatoriyani bitirdi.O’zi o’qigan musiqa maktabida kompozitsiyadan dars berib kelmoqda. Konservatoriyada o’qib yurgan yillari I.Berlin fortepiano uchun “Prelyudiya”, “Yumoreska-ekspromt”, “Syuita”, violonchel va fortepiano uchun “Sonata”, simfonik orkestr uchun “Uvertyura”, romanslar: “Vecher posle dojdya” (M.Lermontov she'ri), “Osennaya elegiya” (A.Blok she'ri), “Zulfiye” va “Poiski nochi” (H.Olimjon she'ri); “Podrugi” telefilmiga musiqa yozdi. Mustaqil ijodiy faoliyatida ham I.Berlin violonchel va simfonik orkestr uchun konsert, violonchel va fortepiano uchun uch qismli sonata, fortepiano uchun sonata, 6 ta prelyudiya, 4 ta psa, syuita, kamonli cholg’u asboblar kvarteti uchun syuita, skripka va fortepiano uchun uchta pyesa: Andante, vals, grotesk va “Menuet”, ovoz va fortepiano uchun ikkita ballada: “Grusnaya” ( Nu Tezina she'ri) va “V razluke” (Tin Mou she'ri); ovoz va fortepiano uchun romanslar: “Eto nujno dlya nas” (Gilviche she'ri); “Net sil uyti) (Jeyn Bronte she'ri), “Potoropis venok splesti” (S.Borgo she'ri); “Ojidanye”, “U kamina”, “Ne izbegay, ya ne molyu” va “Osen” (A.Fet she'rlari); “Yest li tolk v dobre” va “Klad na pusto‘re» telefilmlarga musiqa; Respublika bolalar teatrida sahna yuzini ko’rgan “Kalif aist” spektakliga musiqa, Respublika qo’g’irchoq teatrida sahnalashtirilgan “Neobiknovennoye sostyazaniye” spektakliga musiqa bastalagan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan