SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Dekabr 2020
YaDuSeChPaJuSh
  1234
6789101112
13141516171819
20212223242526
2728293031  
Moskvada Davlat Kreml Saroyi ochilgan kun
1961-10-17

Davlat Kreml Saroyi 1961 yil 17 oktyabrda ochilgan. Loyihaning muallifi me'mor (arxitektor) Mixail Vasilyevich Posoxin bo’lgan. Bino ommaviy-siyosiy tadbirlar o’tkazish maydoni sifatida loyihalashtirilgan edi. Sotsial-siyosiy forumlardan tashqari, Davlat Kreml Saroyi sahnasi turli teatr ko’rinishlari va konsert dasturlari o’tkazishga ham xizmat qiladi. Davlat Kreml Saroyi- Moskva va umuman Rossiyaning eng nufuzli konsert maydonlaridan biri hisoblanadi. U  “mamlakatning eng yaxshi sahna”si nomini hozirgi kungacha saqlab kelmoqda. Har bir inson uchun Davlat Kreml Saroyiga kirish hayotida sodir bo’lgan muhim kun deb biladi. Bu sahnada konsert dasturi bilan chiqish qilgan san'atkor uchun ham katta muvaffaqiyat demakdir. Bu sahnada yana turli xotira kechalari, yubiley sanalari, halqiga xizmat qilgan insonlarning hayotiga bag’ishlangan kechalarning o’tkazilishi saroyning nufuzini yanada oshiradi. Hozirgi kunda Davlat Kreml saroyi sahnasida xalqaro mashhurlikka ega san'atkorlar ham  konsert dasturlari bilan chiqishlar qilmoqdalar, ulardan: Ray Charls, Sting, Elton John, Julio Eglesias, Chris Rea, Eros Ramazotti, Joe Cocker, Brayan Adams, Patricia Caas, Al Jarreau, George Benson, Tina Terner, Vanessa May va boshqalar. Shuningdek, juda katta muvaffaqiyat bilan mamlakatning o’z artistlarining konsertlari ham bo’lib o’tgan ulardan: Alla Pugachyova, Sofiya Rotaru, Raymond Pauls, Vyacheslav Dobro‘nin, Valeriy Meladze, Nikolay Baskov, Maksim Galkin, Kristina Orbakayte va boshqalar. Bundan tashqari har yili yangi yil tomoshalari va bolalar shou-dasturlari bo’lib o’tadi. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan