SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyun 2018
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171920212223
24252627282930
Tikuv mashinalar kuni
1830-06-13

13 iyun norasmiy ravishda  tikuv mashinkasi kuni nishonlanadi. Eng birinchi tikuv mashinalari  sanoat korxonalarining ramzi hisoblangan. Bir necha o’n yillar oldin tikuv mashinkalari har bir xonadonda bo’lgan. Birinchi tikuv mashinkasini ingliz ixtirochisi Tomas Seynt patentlagan. Lekin uning ixtirosi  keng tarqalib ketmadi. Birinchi  bo’lib ishlatishda qulay bo’lgan tikuv mashinkasini fransuz Bartelemi Timonye 1830 yilda ishlab chiqdi va jahonda birinchi tikuv fabrikasini ochdi. Turli ixtirochilar tikuv mashinkalarini zamonaviy turlarini o’ylab chiqa boshladilar. Mexanik mashinkalar qatorida elektromexanik tikuv mashinkalari, undan so’ng mikroprotsessor boshqaruvli (kompyuterlashgan) tikuv mashinkalari ishlab chiqarila boshlandi. Tikuv mashinkalarning aniq  vazifalarni bajaruvchi,   maxsus mashinkalar ham  chiqarilmoqda. Keyingi yillarda tikuv mashinkalari  o’zining ommabopligini yo’qotib bormoqda, chunki hozirda ko’pchilik tayyor kiyimlarni sotib olishni lozim ko’radilar. Ammo tikuv mashinkasi kuni o’zining aktualligini yo’qotmagan. Chunki tikuv mashinkalarining paydo bo’lishi  kiyimlarni ishlab chiqarishda  keskin burilish bo’ldi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan