SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Dekabr 2022
YaDuSeChPaJuSh
    123
4678910
11121314151617
18192021222324
25262728293031
Uzun rang-barang sharflar kuni
0000-10-29

Aytishlaricha, uzoq shimoliy orollarda qachonlardir momiqli rangli ilonlar yashashgan, ular mahalliy aholi va go’zal Freyaning eng yaxshi ko’rgan jonzodlaridan bo’lishgan. Bir kuni Freya sovuqdan chalajon bo’lgan odamni ko’rib qolib, ilondan uni o’rab olishni va istishni so’ragan ekan. Sharfning tarixi 2000yil avvalga taqaladi. Sharflar birdaniga odat tusiga aylanmagan, ammo hozirgi kunlarda sharflar har bir zamonaviy odamning javonida kerakli aksessuarga aylanib ulgurgan. Birinchi bor sharf qadimgi Xitoyda paydo bo’lgan. Qadimgi Xitoy jangchilari tomog’larini sovuqdan asrash maqsadida bo’yinlarini mato bilan o’rashardi. O’tmishdagi ma'lumotlarga ko’ra, hozirgi issiq sharflar qadimgi Rimda paydo bo’lgan. Uni rim legionerlari o’rashgan, qo’shni mamlakatlarga yurish paytlarida sovuqdan saqlanish maqsadida bo’yinlariga o’rashgan. Rim imperiyasining parchalanib ketishidan keyin Rimning tili va udumlarini, shuningdek, sharf o’rash udumi ham o’rta asr rumin qabilalari me'ros qilib olishgan. Ruminiyadan sharf Xorvatiyaga o’tib keldi. 1648 yilda xorvat polki g’alabasini nishonlash maqsadida Parijga keladi va har bir jangchining bo’ynida sharf bor edi. Ajoyib Lyudovik XIV bunday chiroyli va boshqacha ko’rinishdan hayratga tushgan, xorvatlarning bu ko’rinishi uni ko’ngliga xush keldi. Bo’yin ro’mollari “quyosh podshohi” ni shunchalar hayratga soldiki, shu ondayoq u qirollikning bo’yinni  sharflar bilan bezovchi odam yolladi.1692 yilda Lyudovik XIV ning qo’shinini Steynkerk qishlog’i yaqinida to’satdan anglichan polki o’qqa tutgan.Dovdirab qolgan fransuz askarlari bo’ynidagi sharflarini harbiylarcha bog’lashga vaqtlari bo’lmay, duch kelgancha bo’ynilariga o’rab ketaverishgan. Shunday qilib “steynkerk” stili paydo bo’ldi. Ofitserlarning oddiy askarlardan farqi aynan shu sharfda bo’lgan. Parijda esa sharf o’rashdan alohida darslar tashkil etilgan. Hozirgacha bu ayol va erkaklar mo’ljallangan sharflar insonlarning tengi yo’q atributlaridan biri bo’lib qolgan. Ayniqsa modaga ahamiyat beradiganlarning kiyim javonida turli mavsumlarga mos sharflar bo’lishi maqsadga muvofiqdir.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan