SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151618192021
22232425262728
2930     
Rus ixtirochisi Yakobi Boris Semyonovich tavallud topgan kun
1801-09-21

Rus ixtirochisi Yakobi Boris Semyonovich (1801.21.9, Potsdam - 1874.27.2. Peterburg) — rus fizigi va elektrotexnigi. Peterburg FA muxbir a'zosi (1842), akademigi (1847). Gyottingen universitetida o’qigan. Derpt universiteti (Kenigsberg) professor (1835). 1837 yildan Peterburgda yashagan. Ilmiy ishlari elektromagnetizm va uning amaliyotda qo’llanishiga doir. Elektr dvigatel ixtiro qilgan (1834), teskari elektr yurituvchi kuch (e. yu. k.) hosil bo’lishi hodisasini kashf etgan. Galvanoplastikani ixtiro qilgan (1938) va uni bosma, tanga-chaqa zarb qilish, badiiy buyumlarni tayyorlashda qo’llash bilan shug’ullangan. Qator telegraf apparatlarni loyihaladi, birinchi bo’lib yer osti (kabelli) telegraf aloqasini o’rnatdi, galvanometrning bir necha konstruksiyalarini, voltmetr, qarshilik rostlagichi, qarshilikning sim etaloni kabi elektrotexnika asbob va qurilmalarini yaratdi. U elektrotexnikaga oid bilimlarni rivojlantirishga katta hissa qo’shdi.

Ma’lumot: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”. T.2006


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan