SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151618192021
22232425262728
2930     
Nobel mukofoti sovrindori Yang Chen Ning tavallud topgan kun
1922-09-22

Yang (Yan Chjen’nin) (Yang Chen Ning) (1922.22.9, Xefey, Xitoy) - xitoy fizigi; AQShda ishlagan. AQSh Milliy FA a'zosi (1965), professor (1955). Milliy universitetni tugatgan (1942). Falsafa fanlari doktori (1948). Chikago universitetida (1948—49), Prinston universitetida (1949—65) ishlagan. Nyu-York universiteti professori (1966) va Nazariy fizika instituti direktori (1967 yildan). Ilmiy ishlari statistik fizika, maydon kvant nazariyasi, elementar zarralar fizikasiga oid. Amerikalik fizik R. Mills bilan hamkorlikda kalibrlash prinsipini tavsiya etgan va vektor mezon maydoni nazariyasini ishlab chiqqan (1954). Kuchsiz o’zaro ta'sirda juftlik saqlanish qonunining buzilishi (1956. T. Li bilan), beta-yemirilishda nafaqat juftlik, balki yakka zaryad bog’liqligi ham saqlanmasligi (1957, T. Li va R. Eme bilan) haqidagi gipotezani ilgari surgan. Shu yili (L. D.Landau va A. Salomdan mustaqil ravishda) kombinatsiyalangan juftlikning shakllanishi haqidagi g’oyani ilgari surdi (T. Li bilan hamkorlikda). Pionni nuklon va antinuklondan iborat sistema deb hisoblab, elementar zarraning birinchi tarkibiy modelini tavsiya etdi (1949, E. Fermi bilann hamkorlikda). Kuchsiz o’zaro ta'sir oraliq vektor bozonlar vositasida uzatiladi, degan g’oyani ilgari surdi (I960, T. Li bilan). (1957).

Ma’lumot: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”. T.2006.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan