SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2022
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
151617181920
21222324252627
28293031   
“Bunyodkor” sport kompleksining ochilgan kun
2012-09-28

Dunyoda sport turlari ko’p. Lekin ular orasida futbol o’zining jozibasi bilan alohida ajralib turadi. Futbol mamlakat shon-shuhratini dunyoga keng npmoyon etuvchi kuchli va ta'sirchan vositalardandir. Toshkentda 2012 yil 28 sentyabr kuni “Bunyodkor” sport kompleksining ochilishiga bag’ishlangan tantanali marosim bo’ldi. Tadbirda O’zbekiston Respublikasi Prezidenti  Islom Karimov nutq so’zladi. Bunday ulug’vor va hashamatli, o’zida 7ta zamonaviy futbol maydonini, bolalar va o’smirlar futbol maktabi, yotoqxonalar, basseyn va boshqa bir qator kerakli ob'yektlarni mujassam etgan, jami 56 gektar yerni egallagan bu majmua poytaxtimiz-azim Toshkentimizda qisqa davrda qad roslagani, haqiqatan ham, barchamizga mo’'jizaday bo’ldi. Futbolni rivojlantirish, o’zbek futbolining yorqin kelajagini ta'minlovchi iste'dodli sportchilarni tarbiyalash maqsadida “Bunyodkor” futbol majmuasi bolalar va o’smirlar futbol maktabi barpo etildi. Ushbu maktab kelajakda xalqaro maydonlarda Vatanimiz sharafini munosib himoya qilishga qodir, iqtidorli va istiqbolli futbolchilarni tarbiyalash uchun mo’ljallangan. Bu yerda o’quvchilarni puxta bilim olishi, o’z iqtidori va mahoratini oshirishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Mazkur maktab o’quvchilari boshlang’ich, tayyorlov, takomillashuv kabi uch bosqichda tahsil oladi. Bolalarga tajribali, professional murabbiylar ta'lim beradi. Maktab majmuasi o’quv-ma'muriy korpus, yotoqxona, sport zali, suv havzasi, oshxona binolarini o’z ichiga olgan. O’qituvchi va o’quvchilarning dam olish xonalari, majlislar zali mavjud. Sinf xonalari o’quv dasturlari, lokal tizim va internetga ega kompyuterlar bilan jihozlangan. Har biri 2 o’quvchiga mo’ljallangan yotoqxonalarda barcha shart-sharoitlar mavjud. Maktabdagi suzish havzasini suvga to’ldirish, isitish, filtrlash, to’kish tizimlari to’liq avtomatlashgan, zamonaviy yuqori texnologik uskunalar bilan ta'minlangan. Bu yerda tibbiy bo’lim ham mavjud. 34 ming o’rinli stadion tribunalarida tomoshabinlar uchun mo’ljallangan o’rinlar pastki va yuqorigi qavtlarga bo’lingan. Shuningdek, bu yerda nogironlar uchun mo’ljallangan alohida sektor mavjud. “Bunyodkor” stadionida sportchilar va muxlislar uchun yaratilgan sharoit va qulayliklar eng zamonaviy talablarga javob beradi. Xususan, birinchi qavatda sportchilar, hakamlar, murabbiylar, futbol ma'murlari uchun mo’ljallangan xonalar, oshxonalar, matbuotlari zali, futbol klubi muzeyi mavjud. Stadionning ikkinchi qavatida uchta restoran, fitnes markazi barpo etilgan. “Bunyodkor” stadionining muhandislik ta'minotiga alohida e'tibor bilan yondashilgan. 11x7,5 metr o’lchamdagi ikkita video-tablo muxlislarga futbol uchrashuvini har tomonlama ko’rish imkoniyatini beradi. Yoritish uskunalari FIFA talablariga to’la mos keladi. Bu yerga tashrif buyurgan muxlislarga ma'lumotlarni tez va sifatli yetkazish imkonini beradigan zamonaviy audiosistema, reklamalarni namoyish qilish uchun futbol maydoni chetida videobort moslamalari o’rnatilgan. Musobaqalarni to’g’ridan-to’g’ri efirga uzatuvchi tele va radio translyatsiya tizimi, sharxlovchilar xonasi xalqaro standartlar darajasida. Mustaqilligimiz bergan imkoniyatlarning hayotimizdagi ifodasi bo’lgan bunday keng miqyosdagi qurilish ishlari, sportni rivojlantirish va aholi salomatligini muhofaza qilishga qaratilgan bu kabi inshootlar barkamol avlodni tarbiyalash, el-yurtimiz farovonligini yanada oshirishga xizmat qilishi barobarida xalqimiz buyuk bunyodkorlik salohiyatining ham yaqqol namoyishidir.  


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan