SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2021
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202122
24252627282930
31      
Londonda birinchi sirk ochilgan kun
1777-08-04

1770 yil harbiy xizmatdan iste'foga chiqqan serjant Filipp Estli Londonda chavandozlar maktabini tashkil qildi. Uning shogirdlari otlar ustida turli akrobatik mashqlarni namoyish etishardi. Tomoshalar tobora ko'proq muxlislarni jalb qila boshlagach, maxsus binoga extiyoj tug'iladi. Sobiq harbiy qubbasimon tomli, doira shaklidagi saxn-manejga ega inshoot qurdirib, uni "Estli amfiteatri" deb nomlaydi. 1777 yil 4 avgustda mazkur majmua London ahliga o'z eshiklarini ochadi. Ilk teatrlashtirilgan tomoshani taqdim qiladi. Unda asosan chavandozlar mahorati, maxsus o'rgatilgan otlar bilan bog'lik ko'rinishlar namoyish etiladi. Vaqt o'tib, Estli dasturni boyitib boradi, sirk janrining turli yo'nalishlariga e'tibor qaratadi. Jamoaga dorbozlar, masxarabozlar, jonglyor va it o'rgatuvchilarni jalb qiladi. O'z davrining eng ommabop istirohat maskaniga asos solgan Filipp Estli keynnchalik Yevropaning boshqa shaharlarida ham shunday majmualar faoliyatini yo'lga qo'yadi. Ta'kidlash joizki, dorbozlaru masxarabozlar, olov o'ynatuvchiyu shisha ustida yuruvchilardan iborat jamoalar Sharqda, xususan, bizning zaminimizda ham ancha oldin tarqalgan. Biroq hozirgi ko'rinishdagi sirk binosining asoschisi sifatida aynan Filipp Estli e'tirof qilinadi.

Ma'lumot: Jahon adabiyoti jurnali. Yangi asr avlodi.2012.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan