Tursunov
Farhod Yusupovich (1931 yil 30 oktyabrda Chimkentda tug'ildi – me'mor,
professor, (1985). ToshPI ni tamomlab (1957), shu yerda o'qituvchi (1957-62),
Loyihalash institutida loyihalovchi va loyiha bosh me'mori (1962-66), Toshkent
shahar ijroiya qo'mitasi Arxitektura planlashtirish bosh boshqarmasi boshlig'i
o'rinbosari (1966-69), O'zbekiston Me'morlar uyushmasi raisi (1968-80). Bosh
plan instituti direktori (1969-85) O'zbekiston tarixiy va madaniy
yodgorliklarni saqlash jamiyati raisining 1-o'rinbosari (1985-88), 1988-91
yillar Toshkent
politexnika instituti arxitektura fakultetida, 1991 yildan Arxitektura va
qurilish milliylik, tarixiy me’moriy an’analarini tabiiy iqlim sharoitini
hisobga olgan holda zamonaviy me’morlikka uyg'unlashtirish Tursunov ijodiga
xos. Toshkent shahar qurilishi majmuasidagi Toshkent shahar markaziy loyihasi
va qurilishi (1969-74, Davlat mukofoti 1975) “Paxtakor” metro studiyasi (1977),
“Xalqlar do'stligi” majmuasi (1982), “Turkiston” saroyi (1992), Respublika
birja markazi (1996), Toshkent shahar hokimiyati binosi (1998) va boshqalar
qurilishlarda me’mor sifatida ishtirok etgan. Haykaltaroshlik va me’morlikka
oid ilmiy risolalar muallifi. Alisher Navoiy nomidagi O'zbekiston Davlat
mukofoti laureati (1991).
Ma'lumot:
O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. “O'zbekiston milliy ensiklopediyasi”. T.2005.