SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
15161718192021
232425262728
2930     
O'zbekiston xalq artisti Toshmatov Mansur tavallud topgan kun
1954-09-14

Toshmatov Mansur G'aniyevich - estrada xonandasi, O'zbekiston xalq artisti (1995), G'anijon Toshmatovning o'g'li, 1954 yil 14 sentyabrda Toshkent shahrida tug'ildi. U yoshligidan musiqaga qiziqdi. Toshkent teatr va rassomlik san'ati institutini tugatgan (1979), “Navo” (1976-79), “Sado” VIA (1979-81) lari, Jizzax (1982-84) va O'zbek davlat filarmoniya (1986-88) si, O'zbekiston Respublikasi Qurolli kuchlar ashula va raqs ansambli (1991-99) da yakkaxon xonanda, “O'zbekteatr” birlashmasida “Fayz” qo'shiq teatri (1988-91), B.Zokirov nomidagi Estrada-simfonik orkestri (2003yildan) badiiy rahbari, repertuaridan chet el estrada yulduzlari – F.Sinatra, T.Jons, S. Uander, E.Jero, O'zbekiston (E.Solihovning “Umid”, E.Shiryayevning “Oq qayinlar”, I.Akbarovning “Qaydasan”, “Ra'no”, va boshqalar) va boshqa kompozitorlar asarlari, shuningdek, musiqasini o'zi bastalagan qo'shiqlari (“O'ynading” U.Abduazimova she'rlari; “Shirin xayol kelarmi”, Sh.Rashidov) o'rin olgan. M.Toshmatov keng diapazonli, jozibali ovoz sohibi, Ijrolari gramplastinka (“Mansur Toshmatov kuylaydi”, 1978) va kompakt disk “Uning eng yaxshi ko'rgan qo'shig'i”, 2000 yil yozilgan. “O'zbektelefilm” studiyasida M.Toshmatov ijodiga bag'ishlangan 2 film ishlangan (1984, 1988). Bir nechta xalqaro estrada tanlovlar ( jumladan, Bolgariyadagi “Oltin Orfey”, 1978) g'olibi.

Ma'lumot: O'zbekiston milliy ensiklopediyasi. “O'zbekiston milliy ensiklopediyasi”. T.2005.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan