SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151718192021
22232425262728
2930     
Rimda “Oq tunlar” festivali
2003-09-12

Rimdagi “Oq tunlar” festivali bu asosan “Muzeylar tuni” hisoblanadi. Bu kun 2015 yilda 12 sentabrga to'g'ri keladi. Bu  festival Rimdagi taniqli festivaldir va u sentyabr oyining ikkinchi dam olish kunida, Italiyaning poytaxtida bo'lib o'tadi. Bu bayram “Muzeylar tuni” ham bo'lganligi sababli erta tongdan to kech tungacha har bir xohlovchi uchun markazning barcha tarixiy joylari eshigi ochiq bo'ladi. Odatda bayram shanba kuni soat  20.00 dan yakshanba kuni soat 8.00 ga qadar davom etadi. Bu festival “Oq tunlar” deb nomlangan bo’lsada, Italiyada xaqiqatda oq tunlari bo'lmaydi. Bunday nomlanishiga sabab, xorijiy mehmonlar hamda rimliklar tonggacha poytaxt shahrida xuddi kunduzgidek madaniy-ma'rifiy hordiq chiqaradilar, muzeylarni, qadimiy yodgorliklarni, kino, teatrlarni tomosha qiladilar, sport inshootlariga tashrif buyurib, restoran maishiy madaniy maskanlarida kecha-yu –kunduz madaniy dam oladilar. Rim davlati birinchi bor ushbu bayramni 2003 yildan nishonlay boshlagan. Bu tunda Rim aholisi Doimiy yashil shaharni kelib chiqishi tarixini arxitektura va madaniy boyligini, yaxshi bilish imkoni yaratiladi. Bu qiziqarli tun-bayrami mahalliy xalqning tashabbuskorlik tufayli butun hayoti davomida yorqin taassurotlar bilan yodda qolgan. Festivalning birinchi o'tkazilgan yilida 1,5 mln kishi ishtrok etdi, 2004 yili esa 2 mln kishi, 2005 yilda Rimning tungi kechalarida yomg'ir yog'ishiga qaramay 3 mlnga yaqin kishi kuchalarda sayr qilib yurishgan. O'sha davrdan boshlab, “Oq tunlar” Italiya poytaxtida o'tkazilishi an'anaga aylangan.

Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan