SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyul 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
56781011
12131415161718
19202122232425
262728293031 
Kinorejissyor va aktyor Melis Abzalov Oripovich tavallud topgan kun
1938-11-18

(1938.18.11, Toshkent) kinorejissyor va aktyor. O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan san'at arbobi (1987), Toshkent davlat san'at universitetini tugatgan (1961). 1961-1962 yillar Yosh tomoshabinlar teatrida aktyor. 1962-1965 yillar “O'zbekfilm” kinostudiyasida rejissyor assisenti. Keyinchalik rejissyor va aktyor, 1989 yildan “Vatan” kinostudiyisining badiiy rahbari, Abzalov ijodiga komediya janridagi filmlar yaqin bo'lib, ular o'ziga xos milliy bo'yoqlarga boyligi, xarakterlarning  to'liq ochilganligi bilan ajralib turadi. Filmlarida yengil lirika o'tkir satirik epizodlar bilan uyg'unlashib ketadi. Abzalov aktyor sifatida Abdulla (“Yettinchi o'q”), Olloyorboy (“Inson qushlar ortidan boradi”), Eshon Zaynullo (“Qo’qon  voqeasi”), Qorashoh (“Arslonning sarguzashtlari”) va boshqalar obrazlarni yaratgan. Rejissyor sifatida “Chinor ostidagi duel”, “Suyunchi”, “Kelinlar qo’zg'oloni”, “Armon”, “Maysaraning ishi”, "Ko'zlarim yo'lingda”. “O’tgan kunlar” kabi filmlarini ishlagan. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan