SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151617181921
22232425262728
2930     
Toshkentda Xalqaro valyuta fondining doimiy vakolatxonasi ochilgan kun
1993-09-17

Xalqaro valyuta fondi, XVF – BMTning ixtisoslashgan muassasasi, a’zo mamlakatlarning valyuta hamkorligini amalga oshiradigan xalqaro tashkilot. 182 mamlakat a’zo (1999). Shtab-kvarterasi Vashingtonda. Fondning rasmiy maqsadlari: maslahatlar berish va valyuta muammolari bo’yicha hamkorlik qilish orqali xalqaro valyuta hamkorligiga yordam ko’rsatish; xalqaro savdoning kengayishi va muvozanatli o’sishi uchun qulay sharoitlarni yaratish; valyuta kurslarining barqarorligiga yordam berish, raqobat tufayli yuz beradigan valyuta deval’vatsiyalarining oldini olish; ko’p tomonlama to’lovlar tizimini yaratishda va jahon savdosini rivojiga to’siq qo’yadigan valyuta almashtirish bilan bog’liq cheklashlarni bartaraf etishda yordam ko’rsatish; a’zo mamlakatlarga o’z to’lov balanslarini tiklash, shuningdek, ularning xalqaro to’lov balanslari taqchilligi davomiyligi va miqdorini qisqartirish uchun muddatli moliyaviy mablag’lar berish. Xalqaro valyuta fondi jahon valyutalari monitoringini olib boradi, barcha mamlakatlar o’rtasida tashkiliy to’lov tizimi faoliyatiga yordam beradi, to’lov balansida chuqur taqchillikka uchragan, shuningdek, o’z valyutasining to’liq konvertatsiyasiga erishmoqchi bo’lgan mamlakatlarga qarz beradi. Xalqaro valyuta fondi kapitali a’zo mamlakatlar to’laydigan va ularning har biri uchun belgilangan kvotaga muvofiq badallar hisobidan tashkil topadi. 1998 yil boshida Xalqaro valyuta fondi kapitali 199 mlrd. Dollarni tashkil qildi. AQSh, Buyuk Britaniya, GFR, Fransiya, Yaponiya, Italiya Kanada eng katta kvotalarga ega. Uning o’sishi yangi a’zolarning badal puli va kreditlarga to’langan foizlar hisobiga yuz beradi. Xalqaro valyuta fondining rahbar organlari-Boshqaruvchilar kengashi va Muvaqqat qo’mita. Boshqaruvchilar kengashi-oliy organ bo’lib, har bir a’zo- mamlakat tomonidan 5 yilga tayinlanadigan boshqaruvchilar va ularning o’rinbosarlaridan tashkil topadi.

Ma’lumot: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”. T.2005.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan