SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151618192021
22232425262728
2930     
O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Til va adabiyot institutiga Alisher Navoiy nomi berilgan kun
1991-09-20

O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Adabiyot instituti ( hozirgi Til va adabiyot instituti)ga Alisher Navoiy nomi berildi. Til va adabiyot instituti- O’zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti (Ibrohim Mo’minov ko’chasi, 9) – 1934 yil yanvarda Madaniy qurilish ilmiy tadqiqot instituti (1931-33)ning filologiya bo’limlari asosida Toshkent shahrida tashkil etilgan. 1939 yil Til, adabiyot va tarix instituti tarzida qayta tuzilgan. Institut negizida 1943 yil Tarix instituti, 1967 yil Alisher Navoiy nomidagi Adabiyot muzeyi, 1991-98 yillarda Adabiyot va Tilshunoslik institutlariga ajratilgan. 1991 yil Adabiyot institutiga Alisher Navoiy nomi berilgan. 1998 yildan hozirgi nomda. Institutda yangi adabiyotshunoslik, folklorshunoslik, tilshunoslik, o’zbek tili tarixi, fonetikasi, leksikasi, grammatikasi, stilistikasi va terminologiyasi masalalari, hozirgi adabiy jarayon, adabiyot nazariyasi va adabiy aloqalar tadqiq etiladi. Adabiyot va folklor merosini to’plash, nashr etish, o’rganish ham institut faoliyatida o’rin egallaydi. Institut tarkibida 9 bo’lim, folklor arxivi (xalq og’zaki ijodi namunalarining qo’lyozma va fonoyozuv nusxalari saqlanadi) bor. Institutda 62 ilmiy xodim, jumladan 2 akademik, 4 fan arbobi, 17 fan doktori va 28 fan nomzodi ishlaydi. Institut 1998-2000 yillarda Alisher Navoiyning 20 jildli “Mukammal asarlar to’plami”ni 2006-08 yillarda “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi” Davlat ilmiy nashriyoti bilan hamkorlikda 5 jildli “O’zbek tilining izohli lug’ati”ni tayyorladi va nashr etdi. Institutda doktarantura, doktorlik dissertatsiyasini himoya qilish bo’yicha 2 ixtisoslashtirilgan ilmiy kengash faoliyat ko’rsatadi. Institutda turli yillarda Fitrat, Elbek, G’afur G’ulom, Hamid Оlimjon, Uyg’un, G’ozi olim, Qayum Ramazon, Olim Sharafiddinov, H.Zarifov, M.Afzalov, Izzat Sulton, H. Yoqubov, M.Alaviya, Z.Husainova, V.M.Jirmunskiy, E.E. Bertels, A.N. Kononov, K.K.Yudaxin, A.K.Borovkov, V.V.Reshetov, P.Shamsiyev, H.Sulaymonov, M.Qo’shjonov kabi yirik olim va mutaxassislar mehnat qilgan. Institut Germaniya, Turkiya, Xitoy, Rossiya, AQSh, Yaponiya, Koreya Respublikasi va boshqa mamlakatlar bilan ilmiy hamkorlik qiladi. Institutda “O’zbek tili va adabiyoti” jurnali nashr etiladi (1958 yildan).

Ma’lumot: Toshkent ensiklopediyasi. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”. T.2009.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan