SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Fevral 2021
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
14151617181920
212223242527
28      
Tennis o'yini uchun patent olingan kun
1874-02-23

1874 yil 23 fevral kuni ingliz mayori Uolter Uingfild yangi o'yinga, ya'ni tennis o'yiniga patent oldi. Katta tennis o'yini Yevropada 700 yil avval mashhur bo'lgan. Turli xalqlar bu o'yinni turlicha ataganlar, masalan: Angliyada “royal-tennis”, Fransiyada “je-de-pom”, Italiyada esa “plone” deb atalgan. Bu o'yinni avval teridan tikilgan koptokni kaft bilan bilan o'ynashgan. Lekin koptokning yerda sakrashi qiyin bo'lgani uchun tennis o'yinini toshdan qurilgan “ballxausax” deb ataladigan maxsus zallarda o'ynashgan. XIX asr o'rtalariga kelib kauchukli koptoklar ishlab chiqarila boshlaganligi munosabati bilan tennis o'yinini ochiq havoda o'ynash vujudga keldi. Birinchi havaskor tennis o'yinchilarini Angliyada 1872 yilda ro'yhatga olish boshlangan. Shu vaqtda Uolter Uingfildning tashabbusi bilan tennis o'yinini “Laun-tennis” deb atash urf bo'ldi. Uingfild grekchada “Koptok o'yini”, ya'ni “Sferistika” deb nomlangan kitob chop ettirdi. Biroz vaqtdan keyin bu kitobni “Laun-tennis” nomi bilan almashtirdi. Shu bilan birga Uingfild tennis jamlanmasini sotuvga chiqardi. Bu bir nechta koptok, to'rtta raketka va to'rdan iborat edi va 1874 yilda o'yinni o'ynash tartibini chop ettirdi. Hozir dunyo bo'yicha katta tennis o'yini eng mashhur o'yinlardan biri hisoblanadi va tennis matchi teleekran  ishqibozlarini jalb qilmoqda. Oxirgi o'n yillikda esa Rossiyada bu o'yin juda ham mashhur bo'lib bormoqda. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan