SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Fevral 2020
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
9101112131415
171819202122
23242526272829
Rus estrada qo'shiqchisi Larisa Dolina tavallud topgan kun
1955-09-10

1955yil 10 sentyabrda Bakudagi yevropalashgan oilada tavallud topgan. Otasi-quruvchi Aleksandr Markovich Kudelman, onasi mashinistka-Galina Izrailevna Kudelman. Larisa 3 yoshligida ota-onasining ona shahri Odessaga ko’chib o’tishadi. Olti yoshga to’lganida Larisa musiqa maktabiga o’qishga qabul qilinadi va violanchel sinfini bitiradi. Qo’shiqchining musiqiy karyerasi 1971 yilda “Biz Odessalikmiz” orkestrida boshlanadi. Keyinchalik turli badiiy rahbarlar qo’l ostidagi jamoalarda qo’shiq kuylab, ko’pgina qo’shni respublikalarda konsert dasturlari bilan ishtirok etib keladi. 1982 yilda “Charodei” badiiy filmida “Uch oq tulpor” qo’shig’ini kuylaydi. Bu qo’shiq juda muvaffaqiyatli chiqib, omma orasida mashhur bo’lib qoladi. Shundan so’ng 1984 yilda Alfred Shnitkening “Doktor Faust voqyeasi” kantatasida bosh ijrochi roliga taklif etiladi. 1985 yildan Larisa Dolina yakkaxon ijrochi sifatida mustaqil ravishda ishlay boshlaydi. Peterburglik kompozitor Viktor Reznik bilan faol hamkorlikda ishlab kelmoqda. Yakkaxon xonandalik faoliyati davomida bir necha konsert dasturlari uyushtirdi va Larisa bu ijodi bilan butun mamlakatni aylanib chiqdi. 1985 yilda u birinchi bor o’zining “Zatyajnoy prijok” nomli shaxsiy programmasiga rejissyor sifatida chiqishlar uyushtiradi. Ikki yildan so’ng Larisa Dolina “Kontrasti”, 1989 yilda “Ldinka” va keyingi yilda “Malenkaya jenhina”nomli yangi shou programmani namoyish qildi. 1988 yilda “Djordano” nomli rok-opera taqdimoti bo’lib o’tadi va unda bosh erkak rolini Valeriy Leontyev, bosh ayol rolini Larisa Dolina ijro etgan. 1991 yili rus-fransuz shartnoma doirasida Larisa Dolina 20 ming kishilik tinglovchilar ichida La-Rosheldagi festivalda qatnashadi. Qo’shiqchi bir necha bor xalqaro tadbirlarda ishtirok etib, mavaffaqiyatlarga erishgan. 1991 yilda Larisa Dolina “Profi” konkursida “Mamlakatning eng yaxshi qo’shiqchisi” tituliga sazovor bo’lgan. 1993 yilda esa Rossiyada xizmat ko’rsatgan artist unvoniga sazovor bo’lgan. Larisa Dolina ko’pgina filmlarda ham rollar ijro etgan, uning ovozi esa 70dan ortiq kino va multfilmlarda yangragan. U hozirgacha qizg’in va serqirra ijod qilib kelmoqda. Dolinani turli tadbir va tanlovlarga hay'at a'zosi sifatida taklif qilishadi. U haligacha ijoddan to’xtamagan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan