SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2019
YaDuSeChPaJuSh
    123
45678910
11121314151617
181920212224
25262728293031
Singapur Respublikasining mustaqilik kuni
1965-08-09

Mamlakat Singapur oroli va 50 dan ziyod kichik orollarda joylashgan Janubi-Sharqiy Osiyodagi davlat. Singapur oroli Malay yarimorolidan Joxor bo’g’ozi, Sumatra orolidan Singapur bo’g’ozi bilan ajratilib turadi. Qirg’oq bo’ylab chegara uzunligi-193 km. Mamlakat landshafti-pasttekisliklar. Markazda tepaliklar joylshgan. Asosiy milliy boyligi-baliq. Iqlimi mussonli, ekvatorial. O’simliklar asosan tropik o’rmonlar qoldiqlaridan iborat, qirg’oq bo’ylarida mangr changalzorlari bor. Orollarda paporotniklar va bambuklarning juda ko’p xillari mavjud, orxideyalarning ko’pligi hayratga soladi. Singapur faunasi, eng avvalo, qushlarning xilma-xilligi bilan ajralib turadi. Sut emizuvchilardan maymun va noyob jonzotlar-lemurlar yashaydilar. Davlat tuzilishi-respublika. Mustaqilligini 1965 yil 9 avgustda qo’lga kiritgan. Qonunchilik ingliz umumiy huquqiga asoslangan. Ijroiya hokimiyati prezidentga ba bosh vazirga tegishli. Singapurda sanoat, ayniqsa, elektronika va kemasozlik sohalari yaxshi rivojlangan. Singapur jahonning eng yirik savdo portlaridan biridir. Qishloq xo’jaligida aosan kauchuk yetishtiriladi. Kauchuk Singapurning asosiy eksport mahsuloti hisoblanadi. 2012 yilda YAIM miqdori 267941 mln dollarni tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: AQSH, Malayziya, Yaponiya, Gonkong. Temir yo’llarining umumiy uzunligi- 38 km. Avtomobil yo’llari uzunligi-2597. XVI asrgacha bugungi Singapur hududlari Shrivijaya imperiyasi tarkibiga kirgan. Undan  so’ng Majapa Xit podsholigi tomonidan bosib olingan. XIV asrda bu yerlarni Malakka sultonligi o’z mulkiga aylantirgan. 1819 yil ingliz Tomas Reflz bu hududlarni sulton Joxordan sotib olib, Singapur shahriga asos solgan. Shundan so’ng Singapur Britaniya mustamlakachilik siyosatining asosiy tayanch nuqtalaridan biriga aylandi. Ikkinchi jahon urushi yillarida mamlakat yapon bosqinchilari tomonidan bosib olindi. Urushdan so’ng Singapur Britaniya mustamlakasi bo’lib qolaverdi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan