SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Fevral 2020
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
9101112131415
161819202122
23242526272829
Ernest Xeminguening “Chol va dengiz” qissasining birinchi nashri chop etilgan kun
1952-09-08

1952 yil 8-sentyabrda Ernest Xeminguening “Chol va dengiz”  qissasining birinchi nashri chop etilgan. Amerikalik mashhur yozuvchi, “Nobel” mukofoti laureati (1954). 1899 tilda tavallud topgan. 1917 yilda Kanzas-Sitida jurnalist-reportyor sifatida ish boshlagan. Dastlabki hikoyalar to’plami 1924 yilda “Bizning zamonda” nomi bilan nashr etilgan. Shuningdek, adibning “Peshindan keyingi o’lim” (1932), “Afrikaning yashil tepaliklari” (1935), “G’olibga bayroq berilmaydi” (1933), “Ho’kizning shoxi”, “Frensis Makomberning baxti”, “Kilimanjaro qorlari” (1936) hikoyalari ham uning yuksak badiiy mahorat egasi ekanligidan dalolat beradi. Adibning mashhur “Alvido, qurol” (1929) romanida inson huquqlari, uning qadr-qimmati va muhabbatning har qanday yovuz kuchlardan ustunligi yorqin ifodalangan. Ispan xalqining milliy ozodlik kurashida harbiy muxbir sifatida qatnashgan adib taassurotlari asosida “Motam qo’ng’irog’i” (1940) romanini yozgan. “Daryoning naryog’ida, daraxtlar soyasida” (1950) romani, “Chol va dengiz” (1952) qissasi Xemingueyga katta shuhrat keltirgan. “Chol va dengiz” qissasida insonning ulug’ligi, undagi iroda va matonat, oqillik va azmu qaroridan og’ishmaslik o’zgacha talqinda aks etgan. Serqirra ijodkorning millionlab nusxalarda chop etilgan asarlarini mutolaa qilishga shoshiling, aziz kitobxon.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan