SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
15161718192021
232425262728
2930     
Vladivostokda Yo’lbars kuni
0000-09-25

Har yili Vladivostokda sentabr oyining oxirgi yakshanba kuni Yo’lbars kuni bo’lib o’tadi. Uning asosiy maqsadi- Xalqaro Qizil kitobga kiritilgan amur yo’lbarsini saqlab qolish muammosi bilan shug’ullanayotgan  ekologik va ijtimoiy tashkilotlarni qo’llab-quvvatlashdan iboratdir. Hozirgi kunda amur yo’lbarsi yo’qolib ketish havfi arafasida turibdi. Yo’lbars bayrami shahar ko’chalari bo’ylab rangli olamon namoyishi bilan boshlanadi. Bu antiqa namoyish ishtirokchilari an’anaga ko’ra yo’l-yo’l kiyimlar kiyishadi. Hattoki, uy hayvonlarini ham yo’lbars kiyimiga kiyintirishga harakat qilishadi. Yo’lbars –mushuksimonlar oilasiga mansub sut emizuvchi hayvon. U shu oilaning eng yirik vakilidir. Tanasining uzunligi 160-290sm., dumi 114 sm gacha, vazni 390 kg gacha. Boshi yumaloq, mallarang, tanasining orqa va yon tomonlarida ko’ndalang qora yo’llari bo’ladi. 7ta kenja turi mavjud. G’arbiy va Janubi-Sharqiy Osiyo hamda Hindiston yarim orolida tarqalgan. Rossiyaning Primorye o’lkasida amur yo’lbarsi uchraydi. Ular yovvoyi tuyoqli hayvonlar, jumladan, to’ng’izlarni ovlaydi. 2-3 yilda bir marta bolalaydi, 2-6 ta bola tug’adi; bolalari 1-2 yoshida mustaqil yashay boshlaydi. Kuniga 10 kg gacha go’sht yeydi. Ona yo’lbars uyasi tog’larda yoki g’orlarda bo’ladi.     


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan