SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Yanvar 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
12131415161718
19202122232425
2628293031 
Avstriyada qovoq bayrami
0000-09-30

Sentyabr oyining o’zgacha bayramlaridan biridir- Avstriyada qovoq bayrami. Har yili 30 sentyabrda-bu bayram shu mamlakatning katta va kichik shaharchalari aholisini to’playdi. Bayramda qovoqdan tayyorlangan turli xil antiqa tansiq taomlarni ta'tib ko’rish mumkin: sho’rvalar, qandolat maxsulotlari, ichimliklar va boshqalar. Bayram kunlari munosabati bilan turli ko’rgazmalar, qovoqdan tayyorlangan turli eksponatlar taqdimotlari bo’lib o’tadi. Bayramning yana bir asosiy voqyealaridan biri qovoq poygasi hisoblanadi. Buning uchun qovoqning eng yirik hosilidan biri tanlab olinadi, uning ich qismi o’yib olinadi va kichik qovoqli kemacha hosil qilinadi. Bunday qovoqli “kemacha”larda suvda poygalar bo’lib o’tadi. Bundan tashqari qovoq ko’rgazmalari, ya'ni eng kattadan kichigigacha hamda qovoqdan tayyorlangan turli haykaltaroshlik namunalari namoyish qilinadi. Hozirgi kunda bizda ham qovoqdan “karvin” usulida turli ijod  namunalari ko’rgazmalari bo’lib o’tmoqda. Qovoq tibbiyotta ham juda shifobaxsh sabzavot sifatida tan olingan. Tabiatda qovoqning 13 turlari mavjud. Uning mevasidan tashqari danagi ham juda shifobaxsh hisoblanadi. Uning Vatani Shimoliy va Janubiy Amerika hisoblanadi. Mevasi tarkibida 15-18% quruq modda, 4-11% qand, askorbin kislota, karotin, tiamin, riboflavin, azotli birikmalar, 0,7% biriktiruvchi to’qima, 0,5% oqsil, 0,2% yog’, 0,6% kul moddasi, urug’ida 20-40% yog’ bor. Qovoq qaynatib, dimlab, qovurib iste'mol qilinadi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan