SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
15161718192021
232425262728
2930     
Taekvando bo’yicha birinchi chempionat bo’lib o’tgan kun
1993-09-03

1993 yil 3-5 sentyabr – Toshkent shahrida Osiyo va Tinch okeani regioni mamlakatlarining taekvando bo’yicha birinchi chempionati bo’lib o’tdi. O’zbekiston jamoasi bazaviy texnikani namoyish qilish bo’yicha musobaqalarda birinchi o’rinni egalladi. Taekvando (koreyscha: tae-oyoq, kvon-qo’l, do-yo’l, ya’ni oyoq va qo’llarning harakat yo’li) – sport kurashi turi. Bunda erkak va ayollar belgilangan maydonchada o’z vazn toifalarida (himoya vositalarida) yakkama-yakka olishish va maxsus mashqlarni bajarish mahoratini namoyish etish borasida oyoq-qo’llarda zarbalar berish yoki zarba harakatlarini qayd etish bo’yicha musobaqalashadilar. Taekvandoda musobaqalar 2 yo’nalishda – Xalqaro taekvando federatsiyasi (ITF; 1966 yil tuzilgan, 140dan ortiq mamlakat a’zo) va Jahon taekvando federatsiyasi (WTF; 1973 yil tuzilgan,  140 dan ortiq mamlakat a’zo) yo’nalishlarida tashkil etiladi. Taekvondo asli koreys xalqining kurash turi hisoblanadi. Miloddan 600 yil ilgari koreyslar jang qilish va himoyalanish vositasi sifatida uning usullarini qo’llaganlar. Taekvondoning rivojlanishida subak, xvaran va boshqa kurash yo’nalishlari muhim rol o’ynadi. Taekvondoning ITF yo’nalishiga 1955 yil QXDRda asos solingan. Bu yo’nalishda sportchilarning boshga tepishi, beldan pastga zarba berish, umuman, tananing ruxsat etilgan qismiga ham oyoq bilan to’liq zarba berish taqiqlangan. Shuningdek qo’l bilan ham kuchli zarba berishga ruxsat etilmaydi. Taekvondoning WTF yo’nalishiga 1961 yil Koreya Respublikasida asos solingan. 2000 yil taekvondo (WTF) Sidney olimpiadasi dasturidan o’rin oldi. Taekvondo (WTF) sportchilarning qo’l-oyoqlarda tananing beldan yuqori, old qismiga zarbalar berishiga ruxsat etadi. Musobaqalar (8 vazn toifasida) sportchilarning himoya vositalarini kiygan holida tashkil qilinib, 3 bo’limda (har bo’lim 3 minutdan, tanaffuslar-1 minutdan) davom etadi. Aniq zarbalarga ochko beriladi. G’olib nokautga yoki ochkolar ko’pligiga qarab aniqlanadi. O’zbekistonda taekvondo (ITF) 1989 yildan ommaviylashdi. O’sha yili O’zbekiston taekvondo (ITF) federatsiyasi tuzildi va ITFga qabul qilindi. O’zbekiston Respublikasida taekvondo (ITF) musobaqalari muntazam o’tkaziladi va o’zbekistonlik sportchilar xalqaro musobaqalarda ham ishtirok etishadi.

Ma’lumot: O’zbekiston milliy ensiklopediyasi. “O’zbekiston milliy ensiklopediyasi”. T.2004.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan