SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2021
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
121314151618
19202122232425
2627282930  
Ayollardan birinchi bo’lib Valentina Tereshkova kosmosga parvoz qilgan kun
1937-06-16

Tereshkova (Nikolaeva) Valentine Vladimirovna  kosmonavt –uchuvchi 1937 yil 6 martda Yaroslavlni Maslennikovo qishlog’ida kolxozchi oilasida tug’ilgan. 1970 yilda injiner-polkovnik, 1962 yil 22 iyunda  Sovet  Ittifoqi  qahramoni  unvonlarini olgan. N.E.Jukovskiy nomidagi Harbiy-havo injinerlik akademiyasini 1969 yilda tugatgan. Yaroslavl aeroklubida parashut sporti bilan shug’ullangan va 163 marta sakragan. 1963yil 16-19 iyunda  ayollardan kosmosga birinchi bo’lib parvoz qilgan. “Vostok-6” kosmik kemasi  Yer atrofini  48 marta aylanib, 70 soat 41 minut mobaynida  2 mln.kmga teng masofani uchib o’tdi. 1968 yilda Xotin-qizlar komitetining raisi, 1969yilda  Halqaro demokratik  xotin-qizlar   federasiyasining  vise-prezidenti, jahon tinchlik kengashining a’zosi bo’lgan. Order, medullar, shuningdek chet el ordenlari bilan mukofatlangan. Oyning orqa tomonidagi krater Tereshkova nomi bilan atalgan. 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan