SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2021
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202122
24252627282930
31      
Xonanda Shahnoza Otaboyeva tavallud topgan kun
1989-08-21

Shahnoza Otaboyeva 1989-yil 21-avgust kuni Toshkent shahrida ziyolilar oilasida tavallud topdi. U M.Ulug‘bek tumanidagi 148-maktabni bitirdi. So‘ng Xamza nomidagi musiqa kollejiga, so‘ng O‘zbekiston Davlat Konservatoriyasiga o‘qishga kiradi. Shahnoza qo‘shiq kuylashni bolalikdan juda ham sevardi. Xattoki 5-sinfda o‘qib yurgan kezlari 8-mart Xalqaro xotin-qizlar bayrami kuni Ozoda Nursaidovaning "Onajonim o‘rnini hech kim bosolmas" qo‘shig‘ini juda zo‘r ijro etadi. Shu sabab u maktab tadbirlari Shahnozasiz o‘tmas edi. Uning ilk ijodi "Ota" qo‘shig‘i  bo‘ldi. Hamda ushbu qo‘shiq uning xit taronasiga aylandi. Keyingi "Yurak", "O‘zbekiston", "Rashk" qo‘shiqlari ham xit taronalar o‘rnidan joy egalladi. Hozirga qadar xonandaning 20 dan ortiq qo‘shiqlari, 10ga yaqin kliplari va "Yurak" deb nomlangan albomi muхlislarga taqdim etildi. Shahnoza Otaboyeva hozirgi kunda bastakorlardan Rustam Abdullayev, shoirlar Mirxojiddin Mirzo, Manzura Bekjonova, Botir Ergashev va Adham Shoirlar bilan ijod qiladi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan