SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Iyun 2019
YaDuSeChPaJuSh
      1
2345678
9101112131415
16171819202122
232425272829
30      
Xitoy operasi afsonasi Mey Lanfan tavallud topgan kun
1894-10-22

Xitoy xalqining erka sanatkorlaridan biri Mey Lanfan hayotining 40 yili davomida Pekin operasining eng mashhur va taniqli aktyori sifatida ardoqlandi va hozirgacha muxlislar qalbida yashab kelmoqda. Mey Lanfan uning taxallusi bo’lib, haqiqiy ismi Mey Landir. U nafaqat xitoy xalqi, balki chet ellik muxlislar tomonidan ham tan olingan Pekin operasining buyuk san’atkori sifatida tarixga muhrlandi. Mey Lanfan 1894 yil 22 oktyabrda Buyuk Sin davlatiga qarashli Szyansu viloyati Tayjou shahrida tavallud topgan. U 8 yoshidan teatr san’ati bo’yicha tahsil olishni boshlaydi. Opera solisti o’zining birinchi debyutini 12 yoshida ijro etadi. 14 yoshida teatr san’atiga ixtisoslashtirilgan Si-Lyan-Chen birlashmasiga xizmatga kiradi, Shanxay va boshqa shaharlar sahnasida chiqa boshlaydi. Mey Lanfan aktyorlar oilasidan bo’lib, uning bobosi va otasi ayollar qiyofasini yaratuvchi mashhur san’atkorlardan edi. Mey Lanfan ham ana shunday “Dan” ampluasiga ega san’atkorlardan bo’lib, u sahnada ayollar rollarini yaratishda beqiyos muvaffaqiyatlarga erishgan. 1986 yili Pekinda Mey Lanfan uy-muzeyi ochildi. Buyuk iste’dod sohibining nomi bilan yuritiladigan teatrda uning viqor bilan olislarga nazar tashlab turgan yodgorlik byusti o’rnatildi. 2013 yilning so’nggida Taychjou shahrida Mey Lanfan xotirasiga bag’ishlangan festival o’tkazildi. Unda Pekin operasining taniqli namoyandalari, Lanfanning o’g’li-Mey Baoszyu ham ishtirok etdi. Festival doirasida o’tkazilgan ko’rgazmada Mey Baoszyu eski fotosuratni ko’rib, o’zining bolalik chog’larini, otasini esga olib aytgan so’zlari mehmonlarni to’lqinlantirib yubordi: “Bu suratni ko’rib qattiq hayajonga tushdim, bolalaigim xotiramga keldi. Otamni eslar ekanman, uning ko’zgu qarshisida rollarini tayyorlashi ko’z o’ngimda jonlandi. Bunday fetivallar o’tkazilar ekan, demak, otam Mey Lanfan hamisha barhayot”.

Ma’lumot: Jahon adabiyoti.2014/10


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan