SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2021
YaDuSeChPaJuSh
   1234
567891011
121314151618
19202122232425
2627282930  
Jahonga mashhur musavvir Magnus Munsterxel’m tavallud topgan kun
1840-10-19

Magnus Munsterxel’m XIX asrda ijod qilgan serqirra musavvir, betakror mo’yqalam egasi Magnus Yal’mar Munsterxel’m “Al’pas manzarasi”, “Qayinzor”, “Botayotgan quyosh” kabi asarlar bilan dunyo tasviriy san’ati ixlosmandlariga yaxshi tanish. U fan hamda jahon tasviriy san’atida peyzaj ustasi sifatida chuqur iz qoldirgan. Magnus Yal’mar Munsterxel’m 1840 yil 19 oktyabrda Tulos hududida o’ziga to’q oilada tavallud topgan. Otasi Gustav Munsterxel’m va onasi Matil’da fon Essen uni bolaligidanoq rassomlik mashg’ulotlariga berishadi. 1867-70 yillarda Magnus norvegiyalik musavvir Xans Gude qo’lida tahsilini davom ettiradi. 1870 yilda Finlyandiyaga qaytib keladi. Rassomning peyzaj janridagi qator asarlari Myunxen, Bremen, Gannover, Vena, London, Sankt-Peterburg, Gyiteborg, Xel’sinki shaharlaridagi ko’rgazma zallarida namoyish etiladi. 1874 yil peyzaj janri bo’yicha Finlyandiyada o’tkazilgan tanlovda birinchi o’rinni egallaydi. Shu yil unga faxriy akademik unvoni beriladi. U 1897 yilda Shvetsiya akademiyasiga a’zo bo’ladi. Magnus Munsterxel’m murojaat etadigan asosiy mavzu tabiat edi. Uning kartinalarida tabiat alohida-alohida qismlar emas, yaxlit bir makon sifatida, uyg’unlikda tasvirlanadi. “Tulos manzarasi”, “O’rmon ko’li”, “Tungi baliq ovi”, “Peyzaj” singari kartinalari fikrimiz dalilidir. Musavvir tinmay tabiat qo’ynida kezadi. “Qirg’oqda”, “Tonggi kayfiyat”, “Issiq yoz kunlari” asarlari ana shunday safarlar mahsuli hisoblanadi. Muallif qish mavsumida ham ko’p kartinalar yaratgan. Masalan, “Karlsruedagi qish” asarida bolalarning maroq bilan chanada uchishiyu kattalarning chang’ida sayr qilishi tasvirlansa, “Noyabr  oqshomi” suratida qorning oy shu’lasida fusunkor tovlanishini ko’ramiz.

Ma’lumot: Jahon adabiyoti.2014.12.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan