
Mashhur Italiya kompozitori, mahoratli skripkachi, skripkachilar maktabining asoschisi Jovanni Batis Vioti 12 may 1755 yilda Verchelli provinsiyasining Fontanetto-da-Po shahrida tug’ilgan. U yoshligidan musiqaga qiziqdi va skripka chalishdan xuzur olar edi. Musiqadan boshlang’ich darslarni skripach Jovanninidan oldi. Tez orada katta yutuqlarga erishib, orkestr konsertlarida repetitsiyasiz qatnasha boshladi. Kunlardan bir kun uni skripkada chalishini shag’zoda De La Kisterna eshitib qoldi va yosh skripkachining taqdiriga aralashib uni o’z saroyiga ko’chirib o’tgazdi va professor Pinyanida o’qishi uchun sharoit yaratdi. Viotti 1770 yilda Germaniya, Polsha, Rossiya, Parij bo’ylab konsertlar bera boshladi. Viotti skripkada ijro etish uchun yozgan asarlari juda katta ahamiyatga ega. Viotti 29 ta skripka konserti, 21 ta skripka kvarteti, 21 ta skripka torlari triosi uchun, 50 ta skripkachi duetlar, 18 sonatlar va juda ko’p skripka uchun mayda pyesalar yozgan. Viotti 1824 yil 3 marta Londonda vafot etgan.