SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2019
YaDuSeChPaJuSh
    123
45678910
11121314151617
192021222324
25262728293031
Malayziya davlatida mustaqillik kuni
1957-08-31

Malayziya Janubi-Sharqiy Osiyo davlati bo’lib, Malakka yarimorolining janubida va Kalimantan orolining shimoliy qismida joylashgan. Sharqiy Malayziya g’arb va janubda-Indoneziya, shimolda- Bruney bilan chegaradosh, G’arbiy Malayziya esa shimolda Tayland bilan chegaradosh. Quruqlikdagi chegaralari uzunligi-2669 km. Shimoliy hududlari-Janubiy Xiyot dengizi, shimoli-sharqi- Sulu dengizi, sharqi- Sulavesi dengizi bilan tutashib ketgan. Mamlakatning Malakka yarimorolidagi hududida o’zaro parallel joylashgan tog’ tizmalari va ko’p sonli vodiylar bor. Davlat tuzilishi- federativ, boshqaruvi- konstitutsiyaviy monarxiya. Mamlakat tarkibiga 13 ta shtat va 2 ta federal hudud kiradi. Malayziya mustaqilligi 1957 yilning 31 avgustida e’lon qilingan. Qonunchilik ingliz umumiy huquqiga asoslangan. Davlat boshlig’i- oliy hukmdor , u to’qqiz malayya shtati sultonlari kengashida yashirin ovoz berish yo’li bilan 5 yil muddatga saylanadi. Chet el investitisiyalarining ko’plab kiritilishi, ayniqsa, yapon va Tayvan firmalarining yordamida Malayziya iqtisodi yuqori sur’atlar bilan rivojlandi. Mamlakat iqtisodiyoning eng muhim tarmog’i kauchuk ishlab chiqarishdir. Neftni qayta ishlash, kimyo, to’qimachilik, yog’ochni qayta ishlash, metallurgiya kabi sanoat sohalari, shuningdek, mashinasozlik rivojlangan. Eksportning katta qismini neft va neft mahsulotlari tashkil qiladi. Gaz, temir rudasi, mis konsentrati, qo’rg’oshin qazib olinadi. Temir yo’llarining umumiy uzunligi- 1800 km, avtomobil yo’llari- 39 100 km. Mamlakat portlari: Jorjtaun, Kelang, Kuanton, Kuching. Hozirgi malayziyaliklarning ajdodlari bu yerga m.a. 2500 va m.a. 1000 yillar oralig’ida Xitoyning janubidan ko’chib kelishgan. VII asrda mamlakat hududida davlat tuzilgan bo’lib, bu davlat XIV asrgacha Shrivijayya imperiyasi tarkibida bo’lib keldi. 1403 yili butun Malayziya yerlarini birlashtirgan Malakka sultonligi vujudga keldi. 1511 yili Malayziya Alfonso de Albukerke boshchiligidagi portugallar tomonidan ishg’ol qilindi. XVI-XVIII asrlar davomida yevropaliklar mustamlakachilar qo’shni Joxor va Ache davlatlariga qarshi muvaffaqiyatli kurash olib borishdi. 1914 yili barcha Malayya davlatlari Buyuk Britaniya homiyligi ostiga tushdi. 1941-1945 yillarda Malayziya yapon qo’shinlari tomonidan okkupatsiya qilindi, lekin urushdan so’ng yana Britaniya protektoratiga aylandi. 1948 yilda tuzilgan Malayziya federatsiyasi 1956 yili muxtoriyatga erishdi, 1957 yilning 31 avgustida esa Britaniya Hamdo’stligi tarkibida mustaqillik oldi. 1963 yili Malayziya Federatsiyasi tuzilgan bo’lib, unga Malayya, Singapur, sarvak, Sabax va Shimoliy Borneo kirgan edi. 1965 yilda  iqtisodiy va siyosiy qarama-qarshiliklar yuzaga kelganligi sababli, Singapur federatsiya tarkibidan chiqib ketdi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan