SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Dekabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
161718192021
22232425262728
293031    
Moldova Respublikasida mustaqillik kuni
1991-08-27

Moldaviya Sharqiy Yevropa tekisligining janubi-g’arbida joylashgan davlat. Janub, sharq va shimolda- Ukraina, g’arbda- Ruminiya bilan chegaradosh. Chegarasining umumiy uzunligi-1389 km. Mamlakat hududini sertepa tekisliklar, daryo vodiylari va jarliklar egallaydi. Eng baland qismi mamlakat markazida joylashgan Kodri qirlaridir. Asosiy daryolari- Dnestr, Purt. Asosiy foydali qazilmalari- fosforit, soztuproq, ohaktosh. Mamlakat hududining yarmi haydaladigan yerlar hisoblanadi. Davlat tuzilishi- respublika. 1990 yili Moldova Respublikasi tarkibidagi ikki rayon- Gagauz Respublikasi va Pridnestrovie o’zlarini mustaqil deb e’lon qilishdi, biroq ular jahon jamoatchiligi tomonidan tan olinmadi. Moldova mustaqilligi 1991 yil 27 avgusta e’lon qilingan. Mustaqillik kuni milliy bayram sifatida nishonlanadi. Ijroiya hokimiyat prezidentga va bosh vazir boshchiligidagi Vazirlar kengashiga tegishli. Oliy qonun chiqaruvchi organ-bir palatali parlament. Sanoatning peshqadam tarmog’i-oziq-ovqat ishlab chiqarish, shuningdek, og’ir va yengil saonat ham rivojlangan. Ko’p tarmoqli qishloq xo’jaligi YAIMning 40%ni tashkil qiladi. 2012 yilda YAIM miqdori 7252 mln dollarni tashkil qiladi. Asosiy savdo hamkorlari: Rossiya, Ukraina, O’zbekiston, Ruminiya, Germaniya. XII asrdan XIV asrgacha Moldova- skif, gott, gunn va slavyan davlatlarining tarkibida bo’lib keldi. VIX asrga kelib voloxlar va sharqiy slavyanlar bilan aloqalar natijasida moldavan xalqi shakllandi. 1359 yili esa Bogdan birinchi mustaqil Moldaviya knyazligini tuzdi. Bu knyazlik shu davrda ham madaniy, ham iqtisodiy jihatdan yuksaldi. XV asrda Stefan Buyukning qahramonlarcha ko’rsatgan qarshiligiga qaramasdan, Moldova knyazligi turklar tomonidan bo’ysundirildi va Usmoniylar imperiyasining bir qismiga aylandi.  1774 yili Moldova Avstriya hukmronligiga, 1806 yili esa Rossiya imperiyasi tarkibiga qo’shildi. 1859 yili Moldova Valaxiya bilan birlashdi va Rumin knyazligi tashkil etdi. Bu knyazlikni moldavan knyazi Aleksandru Kuza idora qilgan. 1924 yilda tuzilgan Moldova muxtor respublikasi va Ruminiyaning anneksiya qilingan Bessarabiya hududlarida 1940 yilning 2 avgustida Moldaviya Sovet sotsialistik Respublikasi tuzildi. Moldaviya 1941 yili rumin va nemis qo’shinlari tomonidan bosib olindi, ozod qilinganidan so’ng 1944 yili Sovet Ittifoqi tarkibiga qaytdi. 1947 yilgi Parij shartnomasiga ko’ra Ruminiya Moldaviya hududlariga bo’lgan da’vosidantamonila voz kechdi. Moldaviya 1991 yil 27 avgustda mustaqillikka erishdi, biroq mamlakatning sharqiy qismida jahon jamoatchiligi tomonidan tan olinmagan Pridnestrovie Respublikasi mavjud.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan