SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
ARXIV
Sentabr 2023
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
17181920212223
252627282930
Amerikalik shoir Tomas Sternz Eliot tavallud topgan kun
1888-09-26

Amerikalik shoir Tomas Sternz Eliot 1888 yil 26 sentyabr kuni Missuri shtatidagi Sent-Luis shahrida tavallud topgan. U oiladagi ettita farzan bo’lib, eng kichigi edi. Eliotning otasi Genri Uer badavlat sanoatchi, onasi Sharlotta Sternz esa o'qimishli va adabiyot sohasida o'ziga yarasha iqtidorli ayol edi. Eliot Sent-Luisdagi “Smit-akademiya” xususiy maktabini tamomlagach, bir yil shahardagi xususiy kollejda tahsil oladi, 1906 yilda esa Garvard universitetiga o'qishga kiradi. Iste'dodli va intiluvchan Eliot uch yilda universitet kursini tugatadi va to'rtinchi bosqichda magistirlik diplomiga ega bo'ladi. Bu paytda Eliot “Xarvard advokat” nashriga she'rlar yozib turar, 1909-1910 yillarda ushbu jurnalning muharriri ham bo'lgan. Keyin Parijga borib, Sorbon universitetiga qatnaydi, fransuz adabiyotini chuqur o'rganadi. Shel'don stipendiyasi hisobidan Germaniya va Angliyada Breeddi qo'l ostida falsafadan tahsil oladi. Ko'p vaqt ikkilanib yurgan Eliot oxiri o'zini adabiyotga bag'ishlashga ahd qiladi. U Londonda qolib, she'rlar yoza boshlaydi. 1925 yilda uni “Feyber znd Guayer” nashriga ishga olishadi. Shoir bu yerda dastlab adabiy muharrir bo'lib ishlaydi, so'ng firma direktorlaridan biriga aylanadi. 1917 yildan 1919 yilgacha Eliot “Egoist” jurnali muharririga muovinlik qiladi. Eliotning “Alfred Prufrokning muhabbat qo'shig'i” deb nomlangan birinchi dostoni yigirmanchi asr she'riyatida muhim bosqich sifatida paydo bo'ladi. Eliot nafaqat shoir, balki adabiy tanqidchi sifatida ham obro' qozona boshlagandi. 1919 yildan e'tiboran u “Taym” jurnalining adabiy ilovasi bo'lgan “Tayme litereri sapplment” ning doimiy mualliflaridan biriga aylandi. Bu nashrda Eliotning “Muqaddas o'rmon” to'plamiga kirgan Shekspir, Dante, Drayden, Marlo, Endryu Marvellar haqidagi ko'plab tanqidiy maqola va sharhida bosilib chiqadi. Eliotning Marvellar haqidagi ko'plab tanqidiy maqola va sharhlari bosilib chiqadi. Eliotning “Jon Draydenga hurmat bajo aylab” (1924) esse hamda “Tanlangan asarlar” (1932) kitobi Kembrij maktabi, Amerikada yirik tanqidchilar oqimining paydo bo'lishida dasturilamal bo'ladi. 1922 yilda ingliz tilida yaratilgan “Hosilsiz yer” dostonini yozadi. Eliot 1930 yilda Sen-Jon Perening “Anabasis” poemasini tarjima qiladi va ingliz kitobxoniga fransuz shoirining ijodi bilan tanishish imkonini yaratadi. Adibning 30-yillarda yaratgan “Sobordagi qotillik” asari AQSh va Yevropa teatrlarida muvaffaqiyat qozonadi. Shoirning qirqinchi yillarda yaratgan “To'rt kvartet”, “Byorn Norton”, “Ist Koker”, “Litll Gidding” kabi she'riy asarlarini tanqidchilar jiddiy asarlar sifatida qarshi olishadi. 1948 yilda Eliot “Zamonaviy she'riyatiga qo'shgan ulkan novatorlik hissasi uchun” adabiyot bo'yicha Nobel mukofoti bilan taqdirlanadi. Eliot juda ko'p mukofotlarga sazovor bo'lgan ijodkor edi. Ular orasida Britaniyaning “Buyuk xizmatlari uchun”, Fransiyaning Faxriy legion ordenlari, Ganzey ittifoqining Gyote mukofoti, Angliya, Amerika va Yevropa universitetlarining faxriy unvonlari bor edi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan