SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Aprel 2020
YaDuSeChPaJuSh
   1234
57891011
12131415161718
19202122232425
2627282930  
“Kinoshok” festival kuni
2012-09-23

1992 yildan boshlab har yili 15-23 sentyabr kunlari Rossiyaning Anapa shahrida “Kinoshok” festivali o’tkaziladi. MDH va Boltiqbo’yi davlatlari kinoijodkorlari o’rtasida bo’lib o’tadigan mazkur nufuzli xalqaro tanlovda o’zbek ijodkorlarining ham asarlari ishtirok etadi. 23 sentyabr kuni o’z ishini yakunlagan navbatdagi “Kinoshok-2012” XXI festivali o’zbek kinoustalari, yurtimizdagi barcha san’at ixlosmandlari uchun, ayniqsa , katta quvonch olib keldi. Tanlovning Oliy mukofoti – “Oltin novdagaOzbekfilmkinostudiyasida suratga olingan rejissyor Ayub ShahobiddinovningParizodfilmi munosib deb topildi. … Odam bolasimi u, tuproqdan yaralganmi yoki havodan, aniq aytish qiyin. Chunki u boshqalarga o’xshamaydi. Ha nigohini ilg’aysiz, na ovozini eshitasiz. Biroq shu turishida ham yon-atrofdagilarga ko’zgudek go’yo. Uning sukutida ham ta’na bordek. Nafs, zulm va jaholatga isyon… . Taniqli yozuvchi va kinodramaturg Erkin A’zamning “Farishta” qissasi asosida “O’zbekkino Milliy agentligi buyurtmasiga binoan suratga olingan, milliy koloritga boy mazkur kartina haqiqiy san’at asari chek-chegara bilmasligi, insonlar qalbiga yo’l topib ketishining yana bir isbotidir.

Ma’lumot: Jahon adabiyoti.2012.9


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan