SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
15161718192021
232425262728
2930     
Amerikalik yozuvchi Uilyam Folkner tavallud topgan kun
1897-09-25

Amerikalik yozuvchi Uilyam Folkner 1897 yilning 25 sentyabrida N’yu-Olbanida tavallud topgan. Uilyam Missisipi universitetiga o'qishga kirib, 1920 yilda uni tashlab N’yu-Yorkka ketadi. Keyin Oksfordga qaytib, dorilfununda pochtachi bo'lib ishlaydi. 1925 yili N’yu-Orleanga keladi. Shundan keyin Folknerning “Askar mukofoti”, “Chivinlar” romani chop etilgan, biroq bu asarlar muvaffaqiyat qozonmagan. Folkner umidsizlanmay, “Sartoris” romanini yozadi. Asar voqealari Amerika janubida joylashgan, o'ylab topilgan Yoknapatora shahrida kechadi. Ushbu roman tanqidchilar e’tiborini tortganiga qaramay, Folkner “Shovqin va g'azab” romanidan keyingina yozuvchi sifatida tan olingan. “O'lim to'shagi” romani 59 ta ichki monologdan iborat. Folknerga 1950 yili 1949 yil hisobidan “Hozirgi zamon Amerika romanchiligiga badiiy nuqtai nazardan noyob va ulkan hissa qo'shgani uchun” Nobel mukofoti berilgan. Jahon adabiyotida amerikalik buyuk yozuvchi Uilyam Folknerning 1947 yil aprel oyida Missisipi universiteti talabalari bilan uchrashuvda aytgan fikrlari katta o'rin tutadi. Ta’bir joiz bo'lsa, Folknerning aynan o'sha fikrlari butun bir avlod vakillarining adabiyotga bo'lgan qarashlarini belgilab beradi. Qolaversa, millionlab kitobxonlar ham yarim asrdan ortiq vaqt mobaynida badiiy asarni tanlashda Folkner tavsiyasiga beixtiyor amal qilib kelmoqda. Umuman, adabiyot haqida Folknerning qarashlari birorta yozuvchinikiga sira o'xshamaydi. Hatto Folkner bir xatida ming afsus bilan o'zining inson sifatida tarixdan butunlay o'chib ketishini ta’kidlaydi va kitoblaridan boshqa hech qanday xotira qoldirmaslikni istayotganini yozadi. Folkner ijodi bilan yaqindan tanishgan odam uning qat’iy hayotiy va yozuvchilik prinsiplariga amal qilganiga amin bo'ladi. Masalan, folknerona falsafaning o'q ildizi-insonning mag'lubiyatiga uchrashi va shunga qaramay olg'a intilib, oxir-oqibatda g'alaba qozonishi. U mag'lubiyat deganda aslida mavaffaqiyatni nazarda tutadi. Shu ma’noda, Folknerning tarixda faqat kitoblar qoldirishni istashi ham uning botiniy xohishidan kelib chiqadi. Chunki adib ba’zi uchrashuvlarida kitobga faqat kitob sifatida qarashini, ko'pincha uning muallifi bilan umuman qiziqmasligini aytgan.

Ma’lumot: Nobel mukofoti sovrindorlari. “G’afur G’ulom”. T.2011.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan