Nemis astronomi Kepler Iogann tavallud topgan kun
1571-12-27

Kepler Iogann
27.12.1571, Vayl-der Shtadt, Vyurgemberg 1630.15.11, Regenburg, Bavariya nemis
astronomi va matematigi. Tyubingen
akademiyasida tahsil olgan o`sha vaqtlari N. Kopernik asarlari
bilan tanishib chiqqan. 1954 yildan Avstriyaning Grats shaxrida matematika va astronomiya o`qituvchisi. 1600 yildan Praga rasadxonasida T. Brage
rahbarligida
ishladi. K. Pragada optik asboblarining astronomiyaga tatbiqi va Quyoosh
tojiga bag`ishlangan
“Viteloga qo`shimchalar”
1604 o`zi
ixtiro qilgan
teleskop haqidagi
“Dioptrika” 1611 va boshqa asarlarni chop ettirdi. “Yangi astronomiya”
asarida sayyoralar harakatiga
oid dastlabki ikki qonunni ifodalab berdi.”Olam garmonoyasi” asarida
1619 yesa 3-qonunni
ham
tavsiflab berdi Kepler qonunlari.”Kopernik astronomiyasini qisqartirish” asarida (1618-22) o`zining
3-qonunini
barcha sayyoralar harakati
uchun, ayrimlari esa Oy va Yupiter
yo`ldoshlari
uchun ham o`rinli
degan tuxmatga kelgan. K.1627 yili “Rudolf jadvallari” asaridagi hisoblashlariga
tayangan holda
1631 yilda Venera sayyorasi Quyosh diskidan Keplerning “Vino bochkalarining
yangi streometriyachsi” asari mashhur bo`lib, unda integral hisob haqida boshlang`ich ma'lumotlarga duch kelinadi. Keplerning logarifmlar nazariyasi va hisoblash
usullariga oid bir qator ishlari ma'lum. Keplerning kashfiyotlari nazariy astronomiya taraqqiyotiga
asos bo`ldi.
Kepler Qonunlari-
Iogann Kepler kashf etgan sayyoralar harakatiga
oid 3 ta qonun.
Iogann Keplerning “Yangi astronomiya” (1609) asarida uning 2 qonuni
bayon qilingan edi, 3-qonuni 1619 yilda kashf etildi. 1- qonun. Xar bir sayyora ellips bo`ylab
xarakatlanadi, uning hamma sayyoralar uchun umumiy
bo`lgan
fokusida Quyosh
yotadi. 2- qonun. Quyoshdan sayyoraga o`tkazilgan radius-vektor teng vaqtlar
ichida teng yuzalar chizadi. Bu qonun sayyora harakat yo`lidagi ihtiyoriy nuqtada oladigan tezlikni ifodalaydi. Unga muvofiq
sayyoralar Quyoshga
yaqin paytida tezroq harakat qiladi. 3- qonun. Sayyoralarning Quyosh atrofida aylanish davri kvadratlarining nisbati ularning quyoshdan
o`rtacha
uzoqligi
kublari nisbatiga teng. Elliptik orbita bo`ylab harakatlanuvchi osmon jismlariga tegishli Keplerning
uchinchi qonunini
sayyoralar va ularning yo`ldoshlari hamda umumiy massa
markazi atrofida elliptik orbitalar bo`ylab harakatlanuvchi qo`shaloq yulduzlarga qo`llab, bu osmon jismlariga tegishli ba'zi
kattaliklarni aniqlash mumkin. Kepler o`z qonunlari asosida sayyoralarning harakat
jadvallarini tuzdi. Bu jadvallar 1627 yilda “Rudolf jadvallari” nomi bilan nashr qilindi.
Aniqligi
yuqori
darajala bu jadvallardan astronomlar amaliy astronomiyada 17-, 18-asrlar
davomida keng foydalanishgan.
Nega kechasi ventilyatorni ishlatish tavsiya qilinmaydi? Inson bir kun nafas olishiga qancha suv kerak? Anemiya yohud kamqonlik Milliy qadriyatlarimiz sovchi Билиш зарар қилмайдиган 15 та психологик “ҳийла” Andijon viloyati Boykechik qishlog‘idan Esonboyeva Mahpuraxon Namangan viloyati Kosonsoy tumanidan Dilshoda The Tale of Tsar Saltan The Golden Cockerel Five little bears (Music)