
Abdullayev Abdulhak Oqsoqolovich 30.12.1918 yilda tug`ilgan.
rangtasvir ustasi. O`zbekiston xalq rassomi
1968 yil. O`zbekiston Badiiy Akademiya faxriy a'zosi 1997 yil. 1926
yildan Toshkentda Samarqand badiiy bilim
yurtida (1931-1936) yil va Moskva
badiy institutida ta'lim olgan
(1938-1941). Ijodini manzara
va portretlar chizish bilan boshlagan “Hovuz bo`yida”, 1932 yil. “Abror Hidoyatov Otello rolida” (1946), “Mannon Uyg`ur” (1946),
“Oybek” (1949), “Nazarali Niyozov”
(1949), “Yomg`irdan so`ng” (1954),
“Bahor keldi”
(1955), “Shaftoli gullaganda” (1954), “Humsonda” (1961), va boshqa natyurmortlar -“Olma” (1962), “Uzum va shaftoli”, “Qovun bilan handalak”
1957 yil Hindiston
safari taassurotlari bu o`lka
manzaralari (“Tongda Tojmahal”), kishilari (I.Gandi, S.Ketchlu)ni etyud va kartinalarida aks ettirgan. Asarlari
Toshkentdagi Adabiyot muzeyida (1968), O`zbekiston san'at
muzeyida (1980-1984) va boshqa joylarda saqlanadi. Hamza nomidagi O`zbekiston
Davlat mukofati laureati (1977).
“El-yurt hurmati”
ordeni bilan taqdirlangan (1998). Chig`atoy qabristoniga dafn etilgan.