SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
15161718192021
232425262728
2930     
Taniqli rassom Yevgeniy Lansere tavallud topgan kun
1875-09-04

Yevgeniy Yevgenyevich Lansere 1875 yil 4 sentyabrda Peterburgdagi Pavlovsk shahrida tavallud topgan. Uning otasi taniqli haykaltarosh bo’lgan, buvasi-mahoratli arxitektor, onasi tomonidan buvasi esa Peterburgdagi Mrinsk va Moskvadagi Katta teatr quruvchisi bo’lgan. Bu oilaga quruvchilik avloddan-avlodga o’tib kelgan arxitektura va rassomlik san'ati “ota kasb” bo’lgan.Shuning uchun Lansereda tasviriy san'atga bo’lgan qobiliyat erta uyg’ongan va kasb tanlashida hyech qanday qiyinchilik bo’lmagan. 1892 yilda gimnaziyani tashlab, 17 yoshida Yevgeniy “Ijodiyotni qo’llab-quvvatlash jamiyati” maktabiga qabul qilinadi va u yerda 4 yil o’qigan. O’qish jarayonida Lansere to’garakka a'zo bo’lgan, keyinchalik undan “San'at dunyo”si paydo bo’lgan. Maktabni tamomlaganidan keyin Lansere Parijga o’qishga boradi. 1895 -1897 yillar davomida Yevgeniy fransuz badiiy maktablarda o’qigan. Bu o’qishlar bo’lajak rassomga juda katta sinov maktabi bo’lgan.Ammo Fransiyaning yangilanib borayotgan san'ati ham yosh Lansereni o’ziga jalb qilolmadi. Rassom o’tgan zamonlar tarixi va madaniyatiga ko’ngil qo’ygan edi. U Pyotrning qilgan ishlarini, yelkanlar suzuvchi shovqin to’lqinli Neva suvlarining go’zalligini tarannum etadi. Biroq u tarix voqyealariga nisbatan hissiyotga tez beriluvchan emas edi. Uning “San'at dunyosi” vaqtidagi kitob grafikasi o’zining nozikligi va bejirimligi bilan lol qoldiradi, ajoyib L.N.Tolstoyning “Xadji-Murat”ga ishlangan illyustratsiyalar kitob san'atining oltin fondiga kiritilgan. Keyinchalik Lansere yodgorliklar ustida ham ish olib borgan (Kazan vokzali naqshini,”Moskva” mehmonxonasi, metrolarning mozaikali naqshlari) yaratilishida katta hissasini qo’shgan. Yevgeniy Yevgenyevich Lansere 1946 yil 12 oktyabrda vafot etgan.   

 

 


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan