SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2021
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202122
24252627282930
31      
Toshkent shahridagi “Bahor” konsert zalida Mukarrama Turg’unboyeva muzeyi ochilgan kun
1993-09-10

1993 yil 10 sentyabr – Toshkent shahridagi “Bahor” konsert zalida Mukarrama Turg’unboyeva muzeyi ochildi. Mukarram Turg’unboyeva- raqqosa, baletmeyster, o’zbek ommaviy sahna raqsining asoschisi. O’zbekiston xalq artisti, Xalq artisti, Farg’onada tug’ilgan. 1931 yildan Toshkentda 1929-33 yillar o’zbek davlat musiqali teatri qoshidagi raqs studiyasida o’qigan. 1929 yildan Samarqand davlat musiqali teatrining yordamchi truppasiga kelgan. 1931 yildan o’zbek davlat musiqali teatri (hozir Navoiy nomidagi opera va balet teatri)da  solist, baletmeyster. Birinchi o’zbek baletlarini yaratishda qatnashgan. O’zbek raqs folklori to’plovchilaridan. Raqslarni sahnalashtirishda xalq an'anaviy raqslarini zamonga moslagan. “Bahor” raqs ansambli tashkilotchisi va badiiy rahbari (1957 yildan). 1947 yildan Turg’unboyeva milliy raqs va xoreografiya bilim yurtida pedagoglik qilgan. Turg’unboyeva “Tanovar”, “Zang”, “Katta o’yin”, “Bayot”, “G’ayratli qiz” va boshqa umumiy raqslarni, “Dilxiroj” yakka raqsini ijro etgan; “Paxta”, “Namanganning olmasi”, “Uchrashuv”, “Dilbar”, “Andijon polkasi”, “Bahor valsi”, “Yetti go’zal”,”Beshqarsak”,”Toshkent piyolasi”,”Shabadalar”,”Alyor”,”Qari navo” kadi raqslarni sahnalashtirgan. Chig’atoy qabristoniga dafn etilgan. Turg’unboyevaning hayoti va ijodiga bag’ishlangan “Salom, bahor” (1962), “San'atga bag’ishlangan umr” (1971), “Mukarrama opa va qirq go’zal” (1977) filmlari ishlangan. “bahor” ansambliga, “O’zbekraqs” milliy raqs birlashmasiga, toshkent ko’chalaridan biriga Turg’unboyeva nomi berilgan. 1993 yil 10 sentyabrda Turg’unboyeva muzeyi ochildi. Muzey Turg’unboyevaning ijodiy merosi va faoliyatini saqlash hamda targ’ib qilish bilan shug’ullanadi. 1993 yildan Turg’unboyeva nomidagi yosh ijrochi-raqqosalar tanlovi o’tkazilmoqda. Davlat mukofoti (1946, 1951, 1973), “Buyuk xizmatlari uchun” ordeni bilan mukofotlangan (2001).


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan