SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151618192021
22232425262728
2930     
Aviasiya, aerodinamika va raketalar dinamikasi sohasidagi rus olimi va ixtirochisi Konstantin Eduardovich Siolkovskiy tavallud topgan kun
1857-09-17

Konstantin Eduardovich Siolkovskiy 1857 yil 17 sentyabrda Ryazan guberniyasidagi Ijnvsk qishlog’ida tug’ilgan. Yoshligida u og’ir kasallikdan keyin eshitish qobiliyatini yo’qotgan. Eshitish qobiliyatini yo’qotgan bola yoshlikning ancha o’yin-kulgu va taassurotlaridan mahrum bo’lgan. Shuning uchun u yoshligidan qo’g’irchoqlar, o’yinchoqlar va soatlar yasashni boshlaydi. 1873 yilda o’g’lining qobiliyatiga ishongan otasi Konstantinni Moskvaga yuboradi, u yerda bolakay Oliy texnika bilim yurtiga o’qishga yuboradi. Ammo, Konstantin bilim yurtiga kira olmaydi, shunda u o’qishni mustaqil ravishda davom ettiradi. Konstantin ijaraga xona oladi, yo’lkira va ovqattan pulni tejaydi, tejab qolingan pullarni kitob va asboblarga ishlatadi. 1896 yildan Siolkovskiy muntazam ravishda reaktiv apparatlarning harakat nazariyasi bilan shug’ullanadi, shuning natijasida bir nechta sayyoralar aro sayohatli va uzoq masofalarga uchish raketalari sxemalarini taklif etadi. 1917 yildan keyin reattiv samolyotlarning uchish nazariyasi nazariyasi  ustida tinimsiz izlanishlar olib bordi, gaz turbinali dvigatelning sxemasini o’zi kashf qildi. 1927 yilda havo yostig’idagi poyezdning sxemasi va nazariyasini chop ettirgan. Aynan Siolkovskiy, koinotdagi sayyoralarning biridagi hayot shu qadar rivojlanadiki, bu hodisa koinot bo’ylab hayot tarqalishi va tortishish kuchini yengib chiqishga izm beradi deb hisoblardi. Siolkovskiy oilali bo’lgan, uning farzandi 4 nafar edi- bir qizi va uchta o’g’li bo’lgan. Konstantin Eduardovich Siolkovskiy  1935 yil 19 sentyabrda Kaluga shahrida vafot etgan. Uning kosmik faniga qo’shgan hissasi  bebahodir.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan