SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151618192021
22232425262728
2930     
Mashhur fizik olim Jan Fuko tavallud topgan kun
1819-09-18

Jan Fuko-Mashhur fizik olim-1819 yil 18 sentyabrda Parijda tavallud topgan. Otasining talab-istagi bilan u tibbiyotni o’rgangan, tibbiy ma'lumotga ega bo’lgandan keyin 3yil gistologiya kafedrasida dori tayyorlovchi mutaxassis bo’lgan. Lekin tezda bo’lajak olim A.Fizo bilan tanishganidan so’ng, eksperimental fizikaga qiziqib qolgan. Fizo bilan hamkorlikda ular bir nechta optik tadqiqotlar o’tkazishdi, ulardan eng qiziqlari: nurning interferensiyalarini kuzatgan va Quyoshning birinchi aniq suratini olishgan. Shuningdek, Fuko “Jurnal diskussiy” gazetasining ilmiy bo’limining muxarriri va ilmiy yorituvchisi sifatida faoliyat yuritgan. 1849-50 yillarda Fuko yorug’likning  nisbiy tezligini o’lchash metodlarini  ishlab chiqdi va ko’zgu aylanmasi tezligi metodi orqali suvda va havodagi o’lchanishini taqqoslab, shuni isbotladiki, u havoga nisbatan suvda tezligi kamroqdir. Shu bilan Fuko yorug’likning to’lqinli nazariyasini tamomila tasdiqladi.Shuningdek, Fuko birinchi bo’lib metall jismlarning tez aylanishi natijasida magnit maydonida tez aylanuvchi elektr toki boligiga ahamiyat berdi. Hozirgi kunda ular “Fuko toklari” nomi bilan tanilgan. Yana u ilmiy-tajriba orqali 67-metrlik mayatnik yordamida Yerni o’z o’qi atrofida aylanishini  aniq  ko’rsatib va  isbotlab berdi. Fukoning boshqa ixtirolari qatorida- yoyli chiroq uchun avtomatik yorug’lik regulyatori, fotometr, ultrabinafshaga oid spektr ishlari uchun mo’ljallangan polyarizatsiyaga oid prizma, giroskop, yulduzlarni qimirlamaydigan truba yordamida kuzatadigan siderostat va boshqa asboblar. U birinchi bo’lib katta reflektor ko’zgularni nazorati usullarini ishlab chiqdi va temirli ko’zgular o’rniga nisbatan yengil va arzon -yupqa kumush plyonkadan ishlangan shishalilarini ishlatishni maslahat bergan. 1855 yildan u Parij rasadxonasida fizik bo’lib ishlagan. Uning optikaga, mexanikaga, elektromagnetizmga oid asosiy ixtiro va tadqiqotlari turkumiga kiradi. Fuko London qirollik jamiyati a'zosi bo’lgan, Parij va Berlin Fanlar akademiyasi, Peterburg Fanlar akademiyasi chet el muxbir a'zosi, Kopli nishoni bilan taqdirlangan. Jan Bernar Leon Fuko 1868 yil 11 fevralda Parijda vafot etgan.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan