SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Avgust 2022
YaDuSeChPaJuSh
 123456
78910111213
151617181920
21222324252627
28293031   
Italyan kompozitori Paganini Nikkolo tavallud topgan kun
1782-10-27

Paganini Nikkolo  (1782. 27.10, Genuya - 1840. 27.5, Nitssa ) - italyan sozandasi (skripka, gitara) va kompozitor. Nikollo juda ozg’in va nimjon tug’ilgan bo’lib, tez-tez kasalga chalinardi. Bir kuni onasi tushida farishtani ko’radi. Farishta unga: “O’g’lingning kelajagi porloq, u buyuk musiqachi bo’ladi”, deydi. Shu tushga ishongan holda ota-ona o’g’liga yoshligidan skripka chalishni o’rgatishga kirishadi. Kunlarning birida u, hatto mashg’ulotdan qochib ketmasligi uchun o’g’lini qorong’u uyga qamab ham qo’yadi. Uning yagona orzusi Nikkoloni kuchli skripka ustasi qilish edi. O’zi qora mehnatga toblangani uchun u o’g’lining ozg’inligiyu kasalmandligiga ham zarracha e’tibor bermaydi. Uzoq mashqlardan zo’riqqan Nikkolo ozg’inlik va holsizlikdan o’limga olib keluvchi katalepsiya kasaliga chalinadi. U xuddi o’lik holda yotar, nafas olishi ham bilinmasdi, ota-ona undan ayrilganini his qilishib, endi ko’mishga chog’lanayotgan paytda, gavda ozgina qimirlab qoladi. Shundan so’ng uni shifokorlarga ko’rsatib, davolatishga kirishadilar. Nikkolo ancha sog’ayib, salgina quvvatga engach, unga skripka o’qituvchisi yollashadi. Nikkolo besh yoshiga yetganida u birinchi bor kuchli professional musiqachilar ishtirokidagi konsertda qatnashadi. Sakkiz yoshga yetganda Nikkolo o’zining ilk musiqiy asari-skripka sonatasini yozadi. Nikkolo o’n bir yoshida ilk bor gastrol safariga chiqadi. U skripka va gitara uchun 12 ta sonata yozadi. 1805 yildagi konsertda “Napoleon” sonatasini Paganin shunday ajoyib ijro etadiki, u yerdagilar uni tik turib olqishlashadi. Bu davrda u “Katta skripka konserti”ni mi-minorda (minor- lotinchadan tarjima qilinganda “mayda”, “kichik” degan ma’noni bildiradi. Musiqada esa, chalingan g’amgin kuyni ifodalaydi) tugatadi. 1797 yildan boshlab Italiyada, 1828 yildan Yevropaning ko‘p mamlakatlarida mukammal mahoratini namoyish qilib, tarixda eng mashhur virtuozlardan biri sifatida nom qoldirgan. Paganini yangi, murakkab ijro usullarini qo‘llab, zamonaviy skripka ijrochiligi asoslarini yaratdi, shuningdek, 19 asr  pianino ijrochiligi hamda cholg‘ulashtirish san'atlari rivojiga ta'sir o‘tkazdi. Paganini sozanda va kompozitor sifatida musiqiy romantizm asoschilaridan. Skripka uchun 24 ta kaprichchio, skripka va orkestr uchun 1- va 2- konsertlari (jami 5 ta), shuningdek sonatalari (ayniqsa skripka va gitara uchun), yakka gitara (jami 200 ga yaqin ) va boshqa sozlarga mo‘ljallangan pyesalari, kamer ansambllari, opera, balet va xalq kuylariga yaratgan variatsiyalari kuylarining ravonligi va kuychanligi, garmonik rivoji o‘ziga xosligi bilan ajralib turadi. 1954 yilda Genuyada har yili Paganini nomidagi xalqaro skripkachilar tanlovi o‘tkaziladi.

Ma’lumot: Mashhurlarning baxti va fojiasi. “O’zbekiston”. T.2014.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan