(1900.31.12 - Tosh-kent - 1958.3.10) - O‘zbekiston xalq artisti (1937).
Dastlab eski maktabda uqigan. 1919- yildan Mannon Uyg‘ur boshchilik qilgan «Turon» truppasida ishlagan.
1920-1924 yilar Ne'mat (G‘.Zafariy, «Halima»), Asqar (U.Hojibekov. «Arshin mol
olon»). Majnun (Xurshid, «Layli va Majnun). (F.Shiller, «Makr va muhabbat») kabi obrazlar
Yaratgan. 1924 -1927 yilar Moskva o‘zbek drama studiyasida. Studiyada
yaratilgan Garpagon (J.Molyer. «Xasis»), Bob (Bill-Beloiyerkovskiy, «Aks
sado»), Nasri din (CHo‘lpon. «Yana
uylanaman»), (N.Gogol, «Revizor»), Kalaf (K.Goitsi, «Malikai Turandot») H.
kamolotida muhim rol o‘ynadi. 1927-1935 Yilarda milliy va tarjima asarlarla bir
turkum obrazlar yaratdi: Sarimsoq (K.Yashin, «Yondiramiz»), Rustam (U.Ismoilov,
«Rustam»), Shopur (Xurshid, «Farhod va Shirin»), Frondoso (Lope de Vega.
«Qo‘zibuloq qishlog‘i») va b. Ijobiy qahramonlar obrazlarini yaratar ekan,
asosan qahramonona romantik vositalarni ishga soldi. Salbiy rollarda ham
e'tiborli ijodiy yutuqlarga erishdi: Kukumboy (D.Furmanov, S.Polivanov, «Isyon»), Oripov (Z.Said, N.Safarov. «Tarix tilga kirdi») va boshqalar. H.ning aktyorlik mahorati Hamlet (U.Shekspir, «Hamlet». 1935), G‘ofur
(Hamza. «Boy ila xizmatchi», 1939) va Otello (U.Shekspir, «Otello», 1945)
obrazlarida yorqin namoyen bo‘ldi.H.ning o‘zbek tarixiy dramalarida yaratgan Muqanna
(H.Olimjon, «M) qanna»), Tеmur Malik (M. Shayxzoda, Jaloliddin»), Navoiy (Uyg‘un, I.Sulton, «Alisher
Navoiy») obrazlari ham yetukdir. H. nomi O‘zbek davlat drama teatriga (1991) Toshkent ko‘chalaridan
biriga (1986) berilgan. H. hayoti va ijodiga bag‘ishlangan hujjatli film (rejesyor.
Bobo Xo‘jayev, 1967). Vafotidan so‘ng «Buyuk xizmatlari uchun» ordeni bilan
mukofotlangan (2000).