SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Dekabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
91011121314
15161718192021
22232425262728
293031    
Aktyor Farruh Soipov tavallud topgan kun
1984-09-25

O’zbekistonlik aktyor Farrux Soipov 1984 yil 25 sentyabrda Toshkent shahrida tavallud topgan. Uning oilasi  ko’pchilikdan iborat bo’lib, otasi tadbirkordir. Farrux yoshligidan sahnani orzu qilgan va  maktab xorida qo’shiq kuylab  yurgan. Ammo maktabdan keyin yuridik oliygohga o’qishga kirgan. Farruxning birinchi roli (“Marjona”)da u unchalik  sezilmagan. Shu filmdan so’ng yosh Farrux alohida aktyorlik mahoratlari  kurslarida o’qigan. Keyinchalik Amerika Qo’shma Shtatlarida borib, maxsus kinematografiya kurslarida tahsil olgan. Farrux Soipovning birinchi taniqli filmi “Kelgindi kuyov” bo’lgan. Film ommaga 2005 yilda taqdim etilgan va tezda tomoshabin va tanqidchilarga manzur bo’lgan. Bu filda u chet eldan kelgan talaba yigit rolini ijro etgan. Uning hamrohi rolini yosh qo’shiqchi Lola Yo’ldosheva ijro etgan, qizig’i shundaki ularning ikkovi ham bu filmda birinchi bor qatnashayotgan edilar. Kelgindi kuyov  obrazini talqin etgan Farrux tezda o’zbek kinosining yulduziga aylandi. Hozirgi kunda Farrux Soipov turli; drama, melodrama, komediya va jangari filmlarda turli obrazlarni yaratmoqda. Undan tashqari u o’zbek kinoaktyorlari orasida eng balandi hisoblanadi, uning bo’yi 1metr 93 santimetrdir. Farrux Soipov ijrosidagi hamma filmlar hozirgi kunda ommalashib bormoqda, ulardan; “Qalbim o’qrisi”, “Feride”, “Sug’diyona”, “Oshiqlar”, “Panoh”, “Kelgindi kelin” va boshqalar. Farrux yoshligidan qo’shiq kuylaydi, musiqa bastalashni ham yaqindan  boshladi. Uning ijrosidagi qo’shiqlar ham radio orqali ijro etilib keladi. Keyinchalik Farrux Soipov rejissyor sifatida ham o’zini sinab ko’rdi va  “Qalbim o’g’risi” filmini suratga oldi. Bu filmda u o’zgacha rol ijro etdi. Uchiga chiqqan o’g’ri yigit rolini maromiga yetkazib ijro etgan, o’zi sezmagan holda qizni sevib qolib, shuning bilan o’z hayotini o’zgartirishga harakat qiladi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan