Armen Borisovich Djigarxanyan Armanistonlik aktyor 1935 yil 3 oktyabrda
Yerevanda tavallud topgan. Bolakay yoshligida onasi va o’gay otasi qo’lida
tarbiyalangan. Kino va teatrga qiziqish kichik Armenda onasidan o’tgan, shuning
uchun maktab yoshidanoq unda artist
bo’lish orzusi uyg’ongan. Ammo 1953 yilda GITISga o’qishga kirolmagandan so’ng
u Yerevanga qaytib ketishga majbur bo’lgan. Bu yerda 1954 yilda Yerevandagi
badiiy-teatr institutiga qabul qilinadi. V.Gusevning “Ivan Ro‘bakov”
pyesasidagi ijrosi uning debyuti bo’lgan. Bu truppada Armen o’n yil mobaynida ishlagan. Moskvadagi
Lenkom teatriga Djigarxanyan 1967 yilda Anatoliy Efros taklifi bilan qabul
qilinadi, ikki yillik ijoddan keyin V.Mayakovskiy nomidagi Moskva teatriga
taklif qilinadi. Aynan shu yerda uning teatr sohasidagi artist sifatida asosiy
faoliyati boshlangan va 30 yil mobaynida davom etgan. 1996 yilda Djigarxanyan
bu teatrni tark etadi, ammo boshqa teatrlarda rollar ijro etib yuradi.
Aktyorning kinematografiyada faoliyati 1960 yilda “Obval” nomli filmda
tanildi, ammo aktyorga mashhurlik
“Zdrastvuy, eto ya!” filmidagi Artyom Mavelyan rolidan keyin keldi. Bu
kartinaning namoyishidan keyin aktyorga juda ko’p takliflar tusha boshladi.
“Uchburchak”, “Sentyabr oyi kelganda”, “Qasoskorlaning yangi sarguzashtlari”,
“”Trest” operatsiyasi”, “Oltinchi iyul”, “Laylakkina”, “Uchrashuv joyini
o’zgartirib bo’lmaydi”, “Salom, men xolangizman!”, “Sobaka na sene”, “Tegeran-