O'zbekiston xalq shoiri Rauf
Parfi(taxallusi; asl
ismi sharifi Tursunali Parfiyev, Toshkent viloyati Sho’ralisoy
qishlog’i) da 1943 yil 27 sentyabrda tug'ilgan. Rauf
Parfi O'zbekiston xalq shoiri, Toshkent
Davlat Universitetining filologiya fakultetini tugatgan, XX asr o'zbek she'riyati mavqeini ko'tarishga, uni
til va uslub, janr jihatdan boyitishga katta hissa qo'shgan ijodkor. Turli yillarda Kinematografiya davlat qo’mitasi, “Oydin” gazetasida, G‘afur G‘ulom
nomidagi Adabiyot va san’at hamda “Yozuvchi”
nashriyotlarida muharrir bo’lib
ishlagan. Rauf Parfi lirik qahramon ruhiy olamining nozik
evrilishlarini mahorat bilan tasvir etuvchi she’rlari bilan tanilgan. “Karvon yo'li”, “Aks sado”, “Qaytish”, “Sabr
daraxti”, “Sukunat” kabi she'riy to'plamlari chop etilgan. Bayronning
“Manfred”, A.Tvardovskiyning “Xotira huquqi” dostonlarini, Nozim Hikmatning
“Inson manzaralari”, shuningdek, Pablo Neruda, Gevorg Emin, Karlo Kaladze va
Vokif Samat o'g'li kabi jahon adabiyoti namoyandalarining ijodidan qilgan
tarjimalari bilan milliy adabiyotimiz ravnaqiga xizmat qilgan. Shoir so’zning
rang va ohanglaridan, she’riy tasvir vositalaridan o’ziga xos uslubda
foydalanadi. She’rlari bir necha xorijiy tillarga tarjima qilingan.