SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Sentabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
1234567
891011121314
151617181921
22232425262728
2930     
Marg’ilon shahrining 2000 yillik yubileyiga bag’ishlangan tantanali marosim o’tkazilgan kun
2007-09-07

2007 yil  7 sentyabr – Marg’ilon  shahrining  2000 yillik yubileyiga bag’ishlangan tantanali marosim o’tkazildi. Ulug’ alloma Muhammad al-Marg’inoniy “Nazm al-jam'i al-kabir” asarida “Agar Farg’ona vodiysi Turon o’lkasida tog’lar orasida unib chiqqan, barq urib ochilib, qizil yonoqlarini oftobga tutgan lolaga o’xshasa, Marg’ilon shahri lolaning yonog’iga qo’ngan bir tomchi shabnam, ya'ni vodiyning marvaridiga monand”, deb yozadi. O’rta asrlarda yashab o’tgan allomaning ushbu o’xshatishi bejiz emas. Bugungi kunda Marg’ilon o’zining asl qadriyatlariga erishmoqda, latofatli, dilbar va ko’rkam shaharlardan biriga aylanmoqda. Farg’ona vodiysining geografik joylashuvi, ajoyib iqlimi tufayli bu yerda qadimdan qishloq xo’jaligini rivojlantirish uchun barcha shart-sharoit mavjud bo’lgan. Eramizning II asridan boshlab Marg’ilon janubi-sharq va shimoli-g’arb tomonga qarab kengaya borgan. Hozirgi Toshkenttepa mahallasi o’rnida bo’lgan Qizlartepada olib borilgan tadqiqotlar natijasiga ko’ra, otashparastlarning ibodatxonasi huddi shu davrda qurilgan. Ibodatxona qadimgi shahar chetida, balandligi 3 metrlik maxsus platforma ustiga qurilgan. Vaqt o’tib xona osti 1.4 metrga ko’tarilgan. Arxeologik tadqiqotlar qadimgi Marg’ilon aholisining turmush tarzi va mashg’uloti haqidagi bilimlarimizni ancha boyitdi. Ikki ming yil avval bu yerlarda bug’doy, tariq, arpa ekilgan. Bog’dorchilik va sabzavotchilik tarraqiy topgan. Uzumchilik va sharob tayyorlash rivojlangan.Qadimgi Marg’ilon shahri aholisining diniy qarashlari I asrga mansub qizil angobli idishlarda ham aks etgan.To’lqinli chiziqlar, nuqtalar, doiralar va xoch shakllari odatda, farg’onaliklar ezozlaydigan tog’, yomg’ir, quyosh timsollari deb qaraladi. Marg’ilon shahri, o’tgan asrlarda bo’lganidek, bu davrda ham Qashqar bilan savdo munosabatlarida muhim o’rin tutgan. Qashqardan olib kelingan mollar Farg’ona viloyati shaharlari qatorida Qo’qon va Marg’ilon bozorlariga kelib tushgan va shu yerdan butun Turkistonga tarqalgan. Marg’ilon shahrida ananaviy hunarmandchilik turlaridan biri bo’lgan ipakchilik ham mahorat bilan davom ettirilgan. 1926 yilda o’tkazilgan Butunittifoq aholini ro’yxatga olish malumotlariga qaraganda, Marg’ilon shahrida 43 ming 965 kishi istiqomat qilgan. Marg’ilonliklar o’zbek halqiga hos bo’lgan mexmondo’stlik va rahimdillik ko’rsatib, urush davrida ko’chirib keltirilgan oilalarga, yetim qolgan bolalarga boshpana berdi va ularning iqtisodiy axvolini yaxshilash uchun sharoit yaratdilar. Marg’ilonda urushdan keyingi xo’jalik barcha tarmoqlarining tinch qurilish yo’liga o’tishi ancha murakkab kechdi, shahar hayoti qiyin va ziddiyatli rivojlandi. Marg’ilon shahrining haqiqiy gullash davri O’zbekiston mustaqillikka erishgandan so’ng boshlandi.Marg’ilon shahridagi qurilish, pedagogika, buxgalteriya-kredit, tibbiy, tijorat kabi jami 11 ta kollejda qariyb 10 ming o’quvchi talim oladi. 2 milliy xunarmandchilik, 35 ta umumtalim maktabi, “Istiqbol” litseyi va tibbiy fanlar litseyi, 2 ta musiqa maktabida o’quvchilarga teran bilim va kundalik turmushda zarur bo’lgan ko’nikmalar beriladi. Marg’ilon shahrida 12 ta kutubxona, 6 ta madaniyat uyi, madaniyat va sanat muzeyi, “Nurxon” halq teatri, madaniyat va istirohat bog’i  mavjud. Keng ko’chalar, zamonaviy ko’p qavatli uylar va tarixiy-memoriy yodgorliklar, to’kin bozorlar va go’zal xiyobonlar Marg’ilon aholisi va mehmonlari etiborini tortib keladi. Marg’ilonda ibodatxonalar ko’p bo’lgan. Mustamlaka davrida Marg’ilonda 25 madrasa bor edi. 1908 yilda shahar maktablarida 1245 bola va 330 qiz talim olgan. Marg’ilon shahrida o’z davrida ko’plab olim va marifatparvarlar yetishib chiqqan. Marg’ilon - Farg’ona vodiysidagi muhim madaniyat markazi hisoblanadi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan