SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Oktabr 2020
YaDuSeChPaJuSh
    123
45678910
11121314151617
181921222324
25262728293031
Gollivudning taniqli aktyori Jan-Klod Van Damm tavallud topgan kun
1960-10-18

Vann Dammning haqiqiy ismi(Jan-Klod Kamil Fransua Van Varenberg) -buxgalter va gul sotuvchi oilasida tug’ilgan. Jan Klod tug’ilgandan keyin uning onasi farzand tarbiyasi bilan shug’ullandi, otasi esa gul do’konida ishlay boshlagan. Bolakay juda nimjon va kasalga tez chalunuvchan bo’lgan. U doim uyga kaltaklangan va loyga belangan xolda kelar edi. Besh yil davomida Jan Klod  klassik balet bilan shug’ullangan. Bolakay 11 yoshga to’lganida otasi uni fransuz karatisti Dominik Valerga shogirdlikka olib boradi. Sportchi bilan tanishgandan keyin bolakay bir yil davomida umuman kasal bo’lmagan. Yakkakurash bo’yicha muallimlar Van Dammda ajoyib sportchining kelajagi bor deb ta'kidlashgan. 16 yoshida o’qishni unchalik xush ko’rmaydigan Jan-Klod sport tufayli maktabni tashlashga qaror qilgan. Navbatdagi musobaqada Van Damm o’zidan ikki barobar katta va og’ir bo’lgan raqibi ustidan g’alaba qozongan. 1978 yilda Van Damm karate bo’yicha qora belbog’ sohibi bo’ladi, 1980 yilda esa ditrix Targillz ustidan g’alaba qozonib, professionallar orasida Yevropa chempioniga aylangan. Bu kurashdan keyin Van Damm katta sportdan ketib o’zini aktyor sifatida sinab ko’rmoqchi bo’ladi. O’zining moddiy ahvolini turmush o’rtog’i ko’magida yaxshilab, uy, eng yangi turdagi mashina sotib olib, bankda o’z hisobini ochadi va yaqin do’sti Kissi bilan Gollivudga yo’l oladi. Gollivudda ingliz tilini yaxshi bilmaganligi uchun uni yaxshi kutib olishmagan. Avvaliga haydovchi bo’lib, barlarda soqchi bo’lib, karate bo’yicha muallim bo’lib ishlagan. Nihoyat, 1984 yilda birinchi rolini qo’lga kiritgan. Boshida kichik-kichik epizodik rollarda o’ynagan. Uning mahoratini faqatgina 1986 yildagi rollarida amin bo’lib, e'tiborga olishgan. 1988 yilda Van Damm “Krovaviy sport” filmida suratga tushgan. Shundan keyin u mashhur bo’ldi. “Kikboksyor” filmi esa katta muvaffaqiyat qozongan va tomoshabinlar orasida mashhur bo’lgan. Keyinchalik “Kiborg”, 1990 yilda “Samovolka”, 1991 yilda “Dvoynoy udar” filmlardagi rollari uni yulduz darajasiga ko’tardi. Endi aktyor o’zi ijro etadigan rollari, rejissyorlari va pul miqdorlarini o’zi tanlaydigan bo’ldi. 1996 yilda Van Damm faoliyatida shaxsiy hayotida, politsiya bilan kelishmovchiliklar,sud ishlari tufayli keskin susayish yuzaga keldi. 1997 -1998yillar mobaynida aktyor faqatgina uchta filmda suratga tushdi. 1999 yilda, uylanganidan so’ng u faoliyati bilan yangi kuch bilan ishlay boshladi. 2002 yilda aktyor “Luchshiye sseni yedinoborsta v filmax” xujjatli amerika filmida suratga tushdi. Van Damm bir necha bor uylangan. Aktyorning Gledis Portugez ismli rafiqasi bilan Kristofer ismli o’g’li va Byanka ismli qiz farzandlari bor.Uning shu kungacha o’ynagan rollari; “Ulitsa varvarov”, “Monako navsegda”, “Breyk-dans”, “Bez vesti propavshiye”, “Ne otstupat i ne sdavatsya”, “Trudnaya mishen”, “Posledniy kinogeroy”, “Nekuda bejat”, “Universalniy soldat”, “Patrul vremeni”, “Koloniya”, “Legioneri”, “Vzrivatel” kabi filmlari juda mashhur bo’lgan. U hozirgi kunda ham ijoddan to’xtagani yo’q.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan