SHAXSIY KABINETGA KIRISH
.
SSENARIYLAR
 Barcha ssenariylar
ARXIV
Noyabr 2019
YaDuSeChPaJuSh
     12
3456789
10111213141516
171819202223
24252627282930
Dominika mustaqilligi e'lon qilingan kun
1978-11-03

Rasmiy nomi - Dominika Hamdo'stligi. Poytaxti - Rozo. Hududi - 749.8 km. Aholisi - 67700 kishi (2012). Davlat tili - ingliz. Siqinuvchilarning asosiy qismi xristian dinining katolik (80%) va protestant (15%) mazhablariga e'tiqod qiladi. Pul birligi – sharqiy karib dollari.
Geografik joylashuvi va tabiati. Karib havzasida, Kichik Antil orollarining Dominika orolida joylashgan orol
- davlat. Maydoni tog'liklardan iborat. Eng baland nuqtasi - Dyabloten vulqoni (1447m).
Iqlimi – tropik. Tog' yonbag'irlari tropik o'rmonlar bilan qoplangan. Hayvonot dunyosi asosan qushlardan iborat.
Davlat tuzilishi,
Siyosiy partiyalari. Davlat tuzilishi - respublika. Mamlakat 10 ta tuman (prixod)dan iborat. Bular: Sent - Ann, Sent - David, Sent - Jorj, Sent - Jon, Sent - Jozef, Sent - Lyuk, Sent - Mark, Sent - Patrik, Sent - Piter, Sent - Pol. Dominika 1978 yilning 3 noyabrida Buyuk Britaniyadan mustaqilligini e'lon qilgan. Ijroiya hokimiyat - prezident va bosh vazirga tegishli. Qonun chiqaruvchi oliy organi bir palatali parlament - Majlis palatasi.
Asosiy siyosiy partiyalari: Dominika leybolistlar partiyasi, Mehnatkashlar birdamligi partiyasi, Dominika ozodlik partiyasi.
Iqtisodi, transport kommunikasiyalari. Mamlakat xo'jaligining asosini qishloq xo'jaligi tashkil etadi. Sanoat asosan mayda korxonalardan iborat. Qishloq xo'jaligi banan, mango, kokos yong'og'i va sitrus mevalarni yetishtirib beradi. 2012 yilda YaIM miqdori 497 mln (aholi jon boshiga - 7022) dollarni tashkil etgan. Asosiy savdo hamkorlari: Buyuk Britaniya, AQSh va Karib xavzasi davlatlari.
Tarixi. Dominika 1493 yilda Xristofor Kolumb tomonidan kashf qilingan. Shu vaqtdan u Ispaniya mulkiga aylandi, so'ngra Fransiya mustamlakasi bo'ldi. 1763 yili Buyuk Britaniya nazoratiga o'tdi. 1967 yilda Britaniya Hamdo'stligi a'zosi bo'ldi. 1978 yili Dominika o'z mustaqilligini e'lon qildi.


Sayt “OPEN WEB” tomonidan tayyorlangan